Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet18/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Darsning turi :yangi bilim beruvchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman.
69-mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzing va yozing.
gir-gir, kuzda, esadi, shabada
isitadi, kamroq, quyosh, havoni
bargi, daraxtlarning, sarg‘ayadi
yig‘im-terim, dalalarda, boshlanadi
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
70-mashq. Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni qo‘yib, matnni o‘qing.
Qadim zamonlar.. odamlar dastxatlari.. toshlar.., daraxt.. po‘stloqlari.., sopol va mis.. yasalgan ramkachalar.. yozishgan. Hozir ishlatilayotgan qog‘oz ikki ming yil ilgari Xitoy.. ixtiro qilingan. Xitoyliklar qog‘oz tayyorlashni sir saqlashgan. Keyinchalik Yaponiya va Osiyo mamlakatlari qog‘oz ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Hozirgi kunda qog‘oz.. 600 dan ortiq turi bor. (Oqila Karimova) Matndagi birinchi xatboshini ko‘chiring. So‘zlarni bog‘layotgan qo‘shimchalarni tegishlicha belgilang.
Ixtiro qilingan so‘zning ma’nosini tushuntiring.
71-mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rniga so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib yozing
Buloqcha
Men oddiy mehnatsevar buloqchaman. Suvlarim.. dala-bog‘lar.. eltaman.
Dehqonlar.. yaxshi hosil olishlariga yordamlashaman.. Тegirmon toshi.. ay lantiraman. Shuning uchun odamlar.. hurmatiga sazovor bo‘ldim. (Тurg‘unboy G‘oyipovdan)

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling