Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet14/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman.
51-mashq. Berilgan so‘zlarga mos so‘zlar topib birikma tarzida yozing.Namuna: shirin bola,
1. Tovush, harf, imlo, bo‘g‘in,
2. Shirin, qattiq, kumush, uxlamoq
Berilgan so‘zlardan foydalanib 4ta gap tuzing va yozing
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
52-mashq. Matnni o‘qing. Undan nimalarni bilib oldingiz?
Dadasi sizda qanday taassurot qoldirdi?
Dadamning marvarid tut haqidagi hikoyasi yodimga o‘rnashib qolgan. Bog‘ devorimizning orqasida shoxlari tarvaqaylab ketgan marvarid tut daraxti bor edi. Dadam shu tut bilan bobomni davolagan ekan. Bir yili ko‘klamda bobom qattiq og‘rib, uch oy to‘shakda yotib qolibdi. Uning eti suyagiga yopishib, tamom
madori
ketibdi. Dadam bir kuni bir kosa marvarid tut terib bobomga bermoqchi bo‘libdi. Lekin odamlar: „Berma! Battar o‘g‘rib qoladi!“ – deyishibdi. Bobom
esa zo‘rg‘a boshini ko‘tarib: „Mayli, Normatjon, olib kelaver! Armonda qolmay, shu tutdan tatib ketay!“ – deb tutni kapalab-kapalab yebdi. Shundan keyin dadam tut terib keladigan bo‘libdi. Bobom esa tut yeb quvvatga kira boshlabdi. (Turob Maqsuddan xotira) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni „otam, yodimda, buva,
bahor, kasal bo‘lib, go‘shti, butunlay, kuchi, baliq tut kishilar, arang qaddini ko‘tarib, yeb, pinhon tutib, kuchga“
so‘zlari bilan almashtirib o‘qing. Gaplar mazmunida qanday o‘zgarish bo‘ldi?
Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra qanday so‘zlar deyiladi? Tut, bor, uch, oy, ter so‘zlarini ikki xil ma’noda qo‘llab gaplar tuzib yozing. Ularni shakl ma’nosiga ko‘ra farqini ayting.So‘zlar ma’no munosabatiga ko‘ra o‘zaro ma’-nodosh, shakldosh va zid ma’noli bo‘ladi.
53-mashq. Tilak, istak, tabriklamoq, qutlamoq, minnatdor bo‘lmoq, xursand bo‘lmoq, tavallud kuni, tug‘ilgan kuni, yaxshi, yoqimli, bayram kuni, shodiyona kun sinonim
so‘zlaridan qatnashtirib „Tabriknoma“ matnini yarating.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling