Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet22/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Tarbiyaviy maqsad:Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;Darsning turi :yangi bilim beruvchi, Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitobDarsning borishi.I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

127- mashq. O‘qing. Matn necha qismdan iboratligini aniqlang. Har bir qismga sarlavha toping
Buyuk bo‘yoqchi qirqta qozonda bo‘yoqlarini pishirar ekan. Bo‘yoqlarga xaridor bo‘lib Bahoroy kelibdi. U o‘ziga yashil bo‘yoqni tanlabdi. Shu payt kunchiqar tomondan Yoz yetib kelibdi. Bo‘yoqchi Yozga har xil bo‘yoqlardan beribdi. So‘ng bo‘yoq bozoriga Kuz kelibdi. Kuz sariq, zarg‘aldoq ranglardan olibdi. Hammadan keyin Qish kelibdi. Bu paytda qozonda faqat oq rang qolgan ekan.
Qish boshqa fasllardan xafa bo‘libdi. Shuning uchun odamlar Qish o‘ksimasin deb Yangi yilda archaning shoxlariga turli rangdagi o‘yinchoqlarni osib qo‘yar ekanlar. (Olloyor Begaliyevdan)
Bosh kelishikdagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Bosh kelishikdagi ot gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelgan? Shu otga bog‘lanib kelgan so‘z-chi?

128- mashq. Chiziqlar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini bosh kelishikda qo‘llab o‘qing va yozing.
Ilgari suvsiz qaqrab yotgan yerlarga ______ chiqarildi. Qaqroq ______ obod bo‘ldi. Bu yerlarga ______ o‘tqazildi. ______ ekildi, _______ qurildi. Qurilgan uylarga ______ ko‘chib kirishdi.
Qo‘yish uchun so‘zlar: odamlarni, ekinlarga, yerlardan, daraxtlarda, uylarga, suvning.
Bosh kelishikdagi otning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga tegishlicha chizing. Bosh kelishikdagi ot qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llangan?

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling