Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet34/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

III. Yangi mavzu bayoni:
IBN SINO BILAN TABIB
A bu Ali ibn Sino ko‘p o‘qigan, bilag‘on tabib ekan. Kishining rangi-ro‘yiga qarab, qanday kasali borligini aytib bera olar ekan. Ammo bu podsholarga yoqmas ekan. Shuning uchun umri quvg‘inlikda, sarson-sargar- donlikda o‘tibdi. Quvg‘inlikda yurgan paytlaridan birida yo‘li yana Buxoroga tushibdi. Ko‘cha, rastalarni aylanib yurgan ekan. Bir tabibning tabiblik qilib o‘tirganiga ko‘zi tushib qolibdi. Tabib kasallarni birma-bir ko‘rib, yo‘l- yo‘riq ko‘rsatib, maslahatlar berayotgan emish.
Abu Ali ibn Sino tabibga tikilib, qilayotgan ishlari- ni diqqat bilan kuzatibdi. Tabib pardaning orqasidagi kasalning qo‘lini so‘rabdi. Ayol qo‘lini uzatibdi. O‘sha paytlarda shunday odat bor ekan-da. Ayol erkakka ko‘rinmas ekan. Shunday qilib deng, pardaning orqa- sida o‘tirgan kasal ayol qo‘lini uzatibdi. Tabib ayolning tomirini ushlab ko‘rishi bilanoq:
Qatiq ichibsiz-a? — debdi. Kasal:
Ha, qatiq ichdim, — deb javob beribdi.
Abu Ali ibn Sino tabibning kasal ayol tomirini ushla- boq qatiq ichganini aytib berganiga qoyil qolib, yoqa- sini ushlabdi. Tabib ayolning tomirini biroz ushlab tur- gach:
Kecha kechqurun xo‘roz go‘shti yebsiz-a? — deb so‘rabdi.
Kasal xotin:
To‘g‘ri, xo‘roz go‘shti yegan edim, — debdi.
Abu Ali ibn Sino tabibning bu topqirligiga ham qoyil qolib, yanada hayron bo‘libdi. Tabib kasal xotinning qo‘l tomirini biroz ushlab turgach:
Eshiginglar kunchiqar tomonga qarab qurilganmi?
debdi.
Kasal xotin:
Ha, eshigimiz kunchiqar tomonga qarab qurilgan,
debdi.
Shundan keyin tabib xotinning qo‘lini qo‘yib yuborib, unga dori beribdi. Yana yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib, masla- hatlar berib, jo‘natib yu boribdi. Keyin boshqa kasallarni ko‘rishga o‘tibdi.
Abu Ali ibn Sino o‘ylagandan o‘ylayveribdi: «Tabib ka- sal tomirini ushlab qatiq ichganini, xo‘roz go‘shti yega- nini bilishi mumkindir, bu tajribada ko‘rilgan. Lekin kasal uyining eshigi kunchiqar tomonga qarab qurilganini tomir urishidan aniqlashiga hech aqlim bovar qilmaydi. Bu hol hech bir tajribadan o‘tmagan edi. Bu yerda bir sir bor, buni, albatta, bilishim shart. Men bu sirning tagiga yet- magunimcha bu yerdan ketmayman, tabibni o‘z holiga qo‘ymayman». Shu payt tabib Abu Ali ibn Sinoga qarab:
Sizning kasalingiz? Qayeringiz og‘rib, tinchlik bermaydi? — deb so‘rabdi.
Abu Ali ibn Sino:
Ha, tabibi jahon, mening kasalim ancha-muncha murakkab, sir-asrorli, avval boshqa bemorlarni ko‘rib bo‘ling. Men javoningizda «Qonun» kitobiga ko‘zim tushdi, shuni o‘qib tursam maylimi? Oxirida meni ko‘rarsiz, — debdi.
Tabib huzuriga kelgan bemorlarni birin-ketin ko‘rib, dori-darmon beribdi-da, kechga yaqin bo‘shabdi.
Qadamingizga hasanot, ustoz, — debdi Abu Ali ibn Sinoga tabib.
Boshqalarni qo‘ying-u, ichkaridan ayolning tomi- rini ushlab qatiq ichgani bilan xo‘roz go‘shti yeganini, boz ustiga, uyining eshigi kunchiqar tomonga qarab qurilganini aytganingizda rostdan ham taajjubga tush- dim, ulug‘ hakim!
Bemor ayolga qatiq ichganmidingiz deganda, uning chodiriga tomgan bir tomchi qatiqqa ko‘zim tush- gani sabab bo‘ldi. Darrov fahm qildim, ayol bu yerga kelishdan oldin chodirini yopingan, keyin ozroq qa- tiq ichgan. Shunda bir tomchi qatiq chodiriga tomgan. U bemorning mening savolimga: «Ha, qatiq ichgan edim», — deganidan bildimki, yahudiy ayol. Shundan so‘ng uning kiyimiga nazar tashladim. Yaxshi kiyingan, shundan bildimki, u boy yahudiyning zaifasi. Menga kelgan kun yakshanba kuni edi. Odatda shanba kun- lari badavlat yahudiylar, albatta, xo‘roz palov yeydilar. Tomir urishiga diqqat qilib, uyining eshigi kunchiqar to- monga qarab qurilganini aytishimga kelsak, yahudiy mahallasidagi juda ko‘pchilik uylar balandlikdagi ko‘cha- ning bir tomoniga joylashgan. O‘sha tomondagi uylarning eshiklari sharqqa qarab qurilgan bo‘ladi.
Shunda Abu Ali ibn Sino:
Bularni-ku, tushundim, lekin, qani ayting-chi, me- ning Abu Ali ibn Sino ekanligimni qayoqdan bildingiz?
— deb so‘rabdi.
Tabib: — Men bu «Qonun» kitobini bundan bir necha yil oldin Bog‘doddan sotib olgan edim. Lekin uning «Qo- nun» ekanligini bilolmay yurdim. Qanchalik o‘qigan bo‘lsak-da, na men va mening do‘stlarim, shogirdla- rim qanday kitob ekanligini bilmadik. Varaqlarining bir chetiga ko‘zi tushgan zahoti kitobning «Qonun» ekan- ligini bilgan kishi, albatta, Abu Ali ibn Sino bo‘ladi-da, bo‘lmasa kim bo‘lardi? — deb javob beribdi tabib.
Abu Ali ibn Sino tabibning bu topqirligiga qoyil qo- lib, ofarinlar aytibdi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling