Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet32/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi : mustahkamlovchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
228- mashq. Matnni o‘qing. Matndan nimalarni bilib oldingiz? So‘roqlar yordamida sonlarni toping.
Ilgari arablar va musulmon xalqlar hisob amallarini so‘zlar yordamida bajarar edilar.
Hindlar esa har bir sonni raqamlar bilan ifoda etardilar.
Hindlarda to‘qqizgacha sanoq tartibi bor edi.
Asrda mashhur olim al-Xorazmiy hind hisobiga yangilik kiritdi. U bir raqami yoniga bitta halqa qo‘ydi. Olim o‘n raqamini yaratdi. (Mirkarim Osimdan)
Sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Sanoq bildirgan sonlarning tagiga chizing. Ularning yozilishini yodingizda tuting.
Bilimlarni qanday egallayotganingiz haqida 2-3ta gap tuzing va yozing. So‘zlar nimalardan tuziladi
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
229- mashq. Sonlarni harfiy ifoda bilan yozing.
4- sinf, 4 o‘quvchi, 40- maktab.
Sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi:
1. Harfiy ifoda bilan: to‘rtinchi sinf, oltinchi uy.
2. Arab raqami bilan: 2003-yil 1-sentabr.
3. Rim raqami bilan: IV sinf, XXI asr.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling