Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet29/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Muallif haqida: Zikrilla Neʼmat 1961 yilning 13 dekabrida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil oldi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shʼʼit” jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlari oʻquvchilik davrlarida hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. “Ikkimizning yoniq ishqimiz” nomli ilk sheʼrlar toʻplami 1993 yilda chop etildi. Shundan soʻng Zikrilla Neʼmatning “Yurtim navosi” (1997), “Vatan va muhabbat” (1999), “Qaytar dunyo” (2000), “Ostonadan boshlanar Vatan” (2003), “Muhabbatsiz yashab boʻlmas” (2004), “Spitamenning soʻnmas qoʻshigʻi” (2005), “Muhabbat mehrobi” (2005), “Sogʻinch dunyosi” (2006), “Sogʻinch sarchashmasi” (2007), “Ezgulik oʻlkasi” (2009) nomli qator kitoblari chop etildi. Bundan tashqari sheʼr, gʻazal, muxammas, tuyuq va tarjimalari jamlangan “Onam ekkan rayhonlar” saylanmasining 1-jildi (2011), bolalarga atalgan “Besh baho olgan kunim” majmuasi (2013), mumtoz shoirlar gʻazallariga Vafoiy taxallusi bilan bogʻlagan muxammaslar toʻplami – “Muxammas gulshani” (2014) dunyoga keldi.


DUNYODA TINCHLIK DEB YASHAR HARBIYLAR
Zikrilla Ne’mat
Tongda ham, tunda ham, yoz-u qishda ham,
Vatan xizmatiga shoshar harbiylar.
Qalbda qasamyodin saqlab mustahkam,
Daryo-yu tog‘-u tosh oshar harbiylar.

O‘pib hur Vatanning mag‘rur bayrog‘in,


Ko‘zga surtib uning qadim tuprog‘in.
Asrab jondek aziz bog‘-u gulbog‘in,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar.

Muqaddas burchini oqlamoq uchun,


Osmonin musaffo saqlamoq uchun,
Zaminga baxsh etib bor g‘ayrat-kuchin,
Goh ko‘kda lochindek uchar harbiylar.

Bedordirlar go‘dak sevinchi uchun,


Vatanning qudrati, el tinchi uchun.
Kerak bo‘lsa, jondan kechar harbiylar,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling