Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet38/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Darsning turi : mustahkamlovchi, Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
254- mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga diqqat qiling. Ularga so‘roq bering. U, ular so‘zlari qaysi so‘zlarning o‘rnida qo‘llangan?
Bahorgi ta’tilda men, Murod oromgohda bo‘ldik. Biz tabiat qo‘ynida maza qilib dam oldik.
– Ahmad, sen oromgohda qaysi to‘garakka qatnashding?
– Ahmad shaxmatni sevadi. U shaxmat to‘garagiga qatnashdi, – dedi Shuhrat.
Dilshod, Тemur, Gulnoralar maktab oromgohida bo‘lishdi. Ular oromgohda sport musobaqasida ishtirok etdilar.
Siz ta’tilda qayerlarda bo‘ldingiz? („Gulxan“dan)
Ko‘chiring. Kishilik olmoshlarining tagiga chizing.


255- mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida kishilik olmoshlarini toping.
1. Agar sen osmonni quchmoqchi bo‘lsang,
Men nega yelkamni tutib bermayin. (G‘afur G‘ulom)
2. Elga baxt, tilga bol
Keltirdi istiqlol
Siz uchun – biz uchun. (Po‘lat Mo‘min)
3. Ulug‘bek buyuk olim edi. U Ali Qushchidek ko‘plab shogirdlarni yetishtirdi. Ular Ulug‘bekning ishlarini davom ettirdilar.
Bilimlarni qanday egallayotganingiz haqida 2-3ta gap tuzing va yozing. So‘zlar nimalardan tuziladi
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling