68-modda
Depozitariy funksiyalari
(1) Ushbu Shartnomaning asl matni u imzolash uchun yopilganidan
keyin Bosh direktorga
saqlash uchun topshiriladi.
(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va unga ilova qilinadigan Yo‘riqnomaning o‘zi tomonidan
lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini Sanoat mulkini
muhofaza qilishga doir Parij
konvensiyasiga a’zo barcha davlatlarning hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha
boshqa har qanday
davlatning hukumatiga yuboradi.
(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida ro‘yxatdan
o‘tkazadi.
(4) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning o‘zi
tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini barcha
Ahdlashuvchi davlatlarning
hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.
69-modda
Bildirishnomalar
Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga a’zo
barcha
davlatlarni quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(i) 62-moddaga muvofiq imzolashlar haqida;
(ii) 62-moddaga muvofiq qo‘shilish to‘g‘risidagi ratifikatsiya yorliqlari yoki hujjatlarini saqlash
uchun topshirish haqida;
(iii) ushbu Shartnomani kuchga kirganligi sanasi va 63(3)-moddaga muvofiq II bob qo‘llanishi
boshlanadigan sana haqida;
(iv) 64(1)-(5)-moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izohlar haqida;
(v) 64(6)(b)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday izohlarni olib qo‘yish haqida;
(vi) 66-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar haqida, va
(vii) 31(4)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday bayonotlar haqida.
(imzolar)