Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

NIZOLARNI HAL QILISh
59-modda
Nizolarni hal qilish
64(5)-modda qoidalarini inobatga olgan holda ikkita yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlatlar
o‘rtasida ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnomani talqin qilishga doir har qanday nizo muzokaralar yo‘li
bilan hal qilinmagan taqdirda, agar faqat manfaatdor davlatlar nizoni hal qilishning boshqa usuli
haqida kelishib olmasa, har qanday manfaatdor davlat tomonidan Sud Maqomiga muvofiq ariza
berilishi yo‘li bilan Xalqaro sudga berilishi mumkin. Ariza berayotgan Ahdlashuvchi davlat Sudda


ko‘rib chiqilishi uchun berilgan nizo haqida Xalqaro byuroga xabar berishi kerak; Xalqaro byuro bu
haqda qolgan Ahdlashuvchi davlatlarni xabardor qilishi kerak.
VII BOB
QAYTA KO‘RIB ChIQISh VA TUZATIShLAR
60-modda
Shartnomani qayta ko‘rib chiqish
(1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlarning maxsus konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(2) Qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyani chaqirish to‘g‘risidagi qaror Assambleya
tomonidan qabul qilinadi.
(3) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlangan har
qanday hukumatlararo tashkilot qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya majlisiga kuzatuvchi
sifatida qo‘yiladi.
(4) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha
konferensiyada yoki 61-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
61-modda
Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish
(1) (a) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar kiritish haqidagi takliflar
Assambleya a’zosi bo‘lgan har qanday davlat, Ijroiya qo‘mita yoki Bosh direktor tomonidan berilishi
mumkin.
(b) Bunday takliflar Ahdlashuvchi davlatlarga eng kamida ularni Assambleya tomonidan
ko‘rib chiqilishiga qadar olti oy oldin Bosh direktor tomonidan yuboriladi.
(2) (a) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul
qilinadi.
(b) Tuzatishlarni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismiga teng ko‘pchilik
talab qilinadi.
(3) (a) (1)-bandda qayd etib o‘tilgan moddalarga har qanday tuzatish har bir davlatning
konstitutsiyaviy tartib-taomiliga muvofiq amalga oshirilgan uning qabul qilinganligi haqidagi
yozma bildirishnomalar ushbu tuzatish qabul qilinishi vaqtida Assambleya a’zolari bo‘lgan
davlatlarning to‘rtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan olinganidan keyin bir oy o‘tgach
kuchga kiradi.
(b) Mazkur moddalarga bunday tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan
vaqtda Assambleya a’zosi bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir; biroq Ahdlashuvchi
davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish ular
tomonidan qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan davlatlar uchun majburiydir.
(c) (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish mazkur tuzatish
(a) kichik bandi qoidalariga muvofiq kuchga kirgan sanadan keyin Assambleya a’zolari bo‘lgan
barcha davlatlar uchun majburiydir.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling