Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Ko‘rsatilgan idoralarda xalqaro talabnomaga tuzatishlar kiritish imkoniyati
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-modda Milliy qonunchilik talablari
26-modda
Ko‘rsatilgan idoralarda xalqaro talabnomaga tuzatishlar kiritish imkoniyati Mazkur idoralar xalqaro talabnomani u ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablariga mos kelmasligi asosida,talabnoma beruvchiga nomi tilga olingan talabnomani milliy talabnomalarga nisbatan xuddi shunday yoki o‘xshash vaziyatlar uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq darajada tuzatish imkonini taqdim etmasdan rad etolmaydi. 27-modda Milliy qonunchilik talablari (1) Milliy qonunchilik xalqaro talabnoma shakli yoki mazmuniga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilganidan tashqari boshqa yoki qo‘shimcha talablarni qo‘ya olmaydi. (2) (1)-band qoidalari 7(2)-modda qoidalarini qo‘llashga ta’sir qilmaydi va milliy qonunchilikka xalqaro talabnoma ko‘rsatilgan idorada ko‘rib chiqilishi boshlanishi bilanoq quyidagilarni talab qilishga to‘sqinlik qilmaydi: (i) yuridik shaxs bo‘lgan talabnoma beruvchi manfaatini ifodalashga vakil qilingan mansabdor shaxs nomini ko‘rsatish; (ii) xalqaro talabnomaning qismi bo‘lmagan holda ushbu talabnomada keltirilgan tasdiqlashlar yoki bayonotlarning isboti bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlarni taqdim etish, jumladan ushbu talabnoma uni berish chog‘ida uning vakili yoki agenti tomonidan imzolangan hollarda talabnoma beruvchining imzosi bilan xalqaro talabnomani tasdiqlash. (3) Agar talabnoma beruvchi ixtirochi bo‘lmaganligi tufayli, biror-bir ko‘rsatilgan davlatda ushbu davlatning milliy qonunchiligiga ko‘ra milliy talabnomani berish huquqiga ega bo‘lmasa, mazkur idora xalqaro talabnomani rad etishi mumkin. (4) Agar milliy qonunchilik milliy talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan, talabnoma beruvchilar nuqtai nazarida ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan xalqaro talabnomalarga qo‘yiladigan talablarga nisbatan maqbul bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olsa, bunday ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasi, sudlari va har qanday boshqa vakolatli organlari yoki uning nomidan harakat qiluvchi organlar xalqaro talabnomalarga oxirgi talablar o‘rniga birinchi talablarni qo‘llashi mumkin, bundan talabnoma beruvchi o‘zining xalqaro talabnomasiga ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan talablar qo‘llanilishini talab qilayotgan hollar mustasno. (5) Ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada hech bir narsa har bir Ahdlashuvchi davlatning patentga layoqatlilikning moddiy-huquqiy shartlarini o‘z xohishiga qarab belgilash huquqini cheklash sifatida tushunilmasligi kerak. Xususan, ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaning texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga taalluqli har qanday qoidasi faqat xalqaro tartib-taomil maqsadlariga xizmat qiladi va dyemak, har qanday Ahdlashuvchi davlat xalqaro talabnomada bayon qilingan ixtironing patentga layoqatligini aniqlashda texnikaning avvalgi darajasi tushunchasiga hamda talabnomalarning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablarga taalluqli bo‘lmagan patentga layoqatlilikning boshqa shartlariga nisbatan o‘z milliy qonunchiligi mezonlarini qo‘llash huquqiga ega. (6) Milliy qonunchilik patentga layoqatlilikning ushbu qonunchilik tomondan belgilangan har qanday moddiy-huquqiy shartiga nisbatan dalillarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilishi to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olishi mumkin. (7) Har qanday qabul qiluvchi idora yoki xalqaro talabnomani ko‘rib chiqish boshlangan ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma beruvchilar manfaatlarini ushbu idora oldida ifodalash huquqiga ega agentni tayinlash haqidagi va/yoki talabnoma beruvchida ko‘rsatilgan davlatda bildirishnomalarni olish maqsadlari uchun manzili mavjudligi haqidagi talabga nisbatan o‘z milliy qonunchiligini qo‘llashi mumkin. (8) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur deb hisoblaydigan choralarni qo‘llash yoki davlatning asosiy iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘z fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslarning xalqaro talabnomalarni berish huquqini cheklash borasida har qanday Ahdlashuvchi davlatning huquqi cheklanishi sifatida tushunilmasligi kerak. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling