Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Xalqaro talabnomaning oshkor qilinmaslik tabiati
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
30-modda
Xalqaro talabnomaning oshkor qilinmaslik tabiati (1) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Xalqaro byuro va Xalqaro izlash organlari bunday talabnoma xalqaro e’lon qilinishiga qadar har qanday shaxsga yoki organga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermaydi, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati mavjud bo‘lgan hollar mustasno. (b) (a) kichik bandining qoidalari vakolatli Xalqaro izlash organiga har qanday materiallarni 13- moddada nazarda tutilgan jo‘natishga nisbatan, shuningdek 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga nisbatan tatbiq etilmaydi. (2) (a) Milliy idoralar quyidagi sanalardan eng erta sana yuz berishiga qadar uchinchi shaxslarga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat bermasligi kerak, bundan talabnoma beruvchining iltimosi yoki ruxsati bo‘lgan hollar mustasno: (i) xalqaro talabnomaning xalqaro e’lon qilinishi sanasi; (ii) 20-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma materiallari olinishi sanasi; (iii) 22-moddaga muvofiq xalqaro talabnoma nusxasi olinishi sanasi. (b) (a) kichik bandining qoidalari milliy idoraga uchinchi shaxslarni ushbu idora ko‘rsatilgan idora ekanligi haqida axborot berishga yoki ushbu faktni e’lon qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq bunday axborot yoki e’lon qilish faqat quyidagi: qabul qiluvchi idora haqidagi ma’lumotlar, talabnoma beruvchining nomi, xalqaro berish sanasi, xalqaro talabnoma raqami va ixtiro nomi kabi ma’lumotlarni ichiga olishi mumkin. (c) (a) kichik bandining qoidalari ko‘rsatilgan idoraga sud hokimiyatiga xalqaro talabnomadan foydalana olishga ruxsat berish uchun to‘sqinlik qilmaydi. (3) (2)(a)-bandining qoidalari, agar gap faqat 12(1)-moddada nazarda tutilgan materiallarni jo‘natish haqida ketmayotgan bo‘lsa, har qanday qabul qiluvchi idoraga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. (4) Ushbu modda maqsadlari uchun “foydalana olish” tushunchasi uchinchi shaxslar ular yordamida ma’lumotlarni, jumladan shaxsiy xabarni va oddiy e’lon qilingan nashrni olish mumkin bo‘lgan har qanday vositalarni anglatadi; bunda milliy idora, qoida tariqasida, xalqaro talabnomani yoki uning tarjimasini xalqaro e’lon qilishga qadar yoki agar xalqaro e’lon qilish ustuvorlik sanasidan e’tiboran 20 oy ichida amalga oshirilmagan bo‘lsa, mazkur ustuvorlik sanasidan e’tiboran 20 oy tugashigaga qadar e’lon qilmasligi kerak Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling