Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
34-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil (1) Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil ushbu Shartnoma, Yo‘riqnoma va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomaga muvofiq tuziladigan kelishuv qoidalari bilan belgilanadi. (2) (a) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan og‘zaki va yozma ravishda aloqa bog‘lashi mumkin. (b) Talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tayyorlanishiga qadar ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga belgilangan tartibda va belgilangan muddatda o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. O‘zgartishlar dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak. (s) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining, agar ushbu Organ barcha quyidagi shartlar bajarilgan deb hisoblamasa, eng kamida bitta yozma xabarini olishi kerak: (i) ixtiro 33(1)-moddada nazarda tutilgan mezonlarni qanoatlantiradi; (ii) xalqaro talabnoma ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablarini ushbu Organ tomonidan tekshiriladigan darajada qanoatlantiradi; (iii) 35(2)-moddaga muvofiq biror-bir mulohazalarni kiritish nazarda tutilmaydi (so‘ngi taklif). (d) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini ichiga olgan yozma xabarga javob berishi mumkin. (3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilanganidek ixtiro birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga uning xohishiga qarab ixtiro formulasini mazkur talabga mos kelishi uchun cheklashi yoki qo‘shimcha bojlarni to‘lashi mumkin. (b) Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi, agar talabnoma beruvchi (a) kichik bandiga muvofiq formulani cheklashni afzal deb topsa, xalqaro talabnomaning cheklash natijasida xalqaro dastlabki ekspertizaga uchramaydigan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni to‘lamasa,ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin. (c) Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan talabni bajarmasa, Xalqaro dastlabki ekspertiza organi uning fikriga ko‘ra xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli qismlari bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini tuzadi va buni qayd etib o‘tilgan xulosada belgilaydi. Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi uning milliy idorasi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini asosli deb hisoblagan taqdirda, xalqaro talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli bo‘lmagan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu idoraga maxsus bojni to‘lamasa, ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin. (4) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi: (i) xalqaro talabnoma Yo‘riqnomaga muvofiq Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazishi shart bo‘lmagan obyektga taalluqli bo‘lsa va ushbu holatda u bunday ekspertizani o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilsa, yoki (ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar o‘ta noaniq bo‘lsa yoki bayon qilingan ixtironing yangiligiga, ixtirochilik darajasiga (ayon bo‘lmaganligiga) yoki sanoatda qo‘llanilishiga nisbatan hech qanday aniq bir xulosa tuzilishi mumkin bo‘lmagan holda ixtiro formulasi tavsif bilan o‘ta zaif mustahkamlangan bo‘lsa, deb hisoblasa, qayd etib o‘tilgan Organ 33(1)-moddasiga muvofiq talabnomani ko‘rib chiqmaydi va talabnoma beruvchini ushbu qaror va uning sabablari haqida xabardor qiladi. (b) Agar (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan istalgani ixtiro formulasining ayrim bandlari bo‘yicha yoki ular bilan bog‘liq holda aniqlangan bo‘lsa, mazkur bandning qoidalari ixtiro formulasining faqat ushbu bandlariga qo‘llaniladi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling