Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazish talabini yoki davlatni tanlashni olib qo‘yish


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

37-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazish talabini yoki davlatni tanlashni olib qo‘yish
(1) Talabnoma beruvchi davlatlarning istalgani yoki barchasini tanlashni olib qo‘yishi mumkin.
(2) Barcha davlatlar tanlanishini olib qo‘yish xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishi talabini
olib qo‘yish deb hisoblanadi.
(3) (a) Xalqaro byuro har qanday olib qo‘yish haqida xabardor qilinadi.
(b) Xalqaro byuro o‘z navbatida tegishli tanlangan idoralarni va tegishli Xalqaro dastlabki
ekspertiza organini xabardor qiladi.
(4) (a) (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi davlatni talab qilishni
yoki tanlashni olib qo‘yish, agar ushbu davlatning milliy qonunchiligi boshqa oqibatlarni nazarda
tutmasa, mazkur davlatga nisbatan xalqaro talabnomani olib qo‘yish deb hisoblanadi.
(b) Talab qilishni yoki tanlashni olib qo‘yish, agar ushbu olib qo‘yish 22-moddaga ko‘ra tegishli
muddat tugashiga qadar amalga oshirilsa, xalqaro talabnomani olib qo‘yish deb ko‘rilmasligi kerak;
biroq har qanday Ahdlashuvchi davlat yuqorida bayon qilingan qoidani, agar uning milliy idorasi
faqat belgilangan muddatda xalqaro talabnomaning nusxasini uning tarjimasi (belgilanganidek)
bilan birga va milliy bojni qabul qilgan taqdirda, qo‘llashi mumkinligini o‘z milliy qonunchiligida
nazarda tutishi mumkin.


38-modda
Xalqaro dastlabki ekspertizaning oshkor qilinmaslik tabiati
(1) Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki
roziligisiz istalgan vaqtda har qanday shaxsga yoki organga xalqaro dastlabki ekspertiza
materiallaridan foydalana olishga (30(4)-modda mazmunida va undagi shartlarni inobatga olgan
holda) ruxsat bermaydi; ushbu qoida tanlangan idoralarga nisbatan xalqaro dastlabki ekspertiza
xulosasi tuzilganidan keyin qo‘llanilmaydi.
(2) (1)-band, shuningdek 36(1) va (3) hamda 37(3)(b)-moddalari qoidalarini inobatga olgan
holda Xalqaro byuro va Xalqaro dastlabki ekspertiza organi talabnoma beruvchining iltimosi yoki
roziligisiz xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilganligi yoki tuzish rad etilganligi, shuningdek
talab yoki biror-bir tanlash olib qo‘yilganligi yoki saqlanishi haqidagi axborotni bermaydi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling