Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Tanlangan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni o‘zgartirish


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

41-modda
Tanlangan idoralarda ixtiro formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarni o‘zgartirish
(1) Talabnoma beruvchiga har bir tanlangan idorada belgilangan muddatda ixtiro formulasi,
ixtiro tavsifi va chizmalarga o‘zgartishlar kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Tanlangan idoralar
bunday muddat tugashiga qadar patent bermasligi yoki uni berishni rad etmasligi lozim,
talabnoma beruvchining maxsus roziligi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(2) O‘zgartishlar, agar bunga tanlangan davlatning milliy qonunchiligida yo‘l qo‘yilmasa,
dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(3) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan barcha hollarda, o‘zgartishlar
tanlangan davlatning milliy qonunchiligi talablariga mos kelishi kerak.
(4) Agar tanlangan idora xalqaro talabnoma tarjimasi taqdim etilishini talab qilsa, o‘zgartishlar
tarjima tilida taqdim etilishi kerak.
42-modda
Tanlangan idoralarda milliy ekspertiza natijalari


Tanlangan idora xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini olgan holda har qanday boshqa
tanlangan idorada aynan bitta xalqaro talabnoma ekspertizasiga taalluqli hujjatlarning yoki biror-
bir hujjatlar mazmuni haqidagi axborotning nusxalari taqdim etilishini talabnoma beruvchidan
talab qilishi mumkin emas.
III BOB
UMUMIY QOIDALAR
43-modda
Muhofazaning ma’lum turlarini so‘rab olish
Qonunchiligi mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risidagi guvohnomalar, foydali modellar
guvohnomalari, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik
guvohnomalari yoki foydalilik to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnomalar berilishini nazarda tutadigan
har qanday ko‘rsatilgan yoki tanlangan davlatga nisbatan talabnoma beruvchi Yo‘riqnomada
belgilanganidek ushbu davlatda qo‘llanilishiga nisbatan uning xalqaro talabnomasida patent
emas, balki mualliflik guvohnomasi, foydalilik to‘g‘risidagi guvohnoma, foydali modelga
guvohnoma, qo‘shimcha patent yoki qo‘shimcha guvohnoma,qo‘shimcha mualliflik guvohnomasi
yoki foydalilik to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnoma so‘ralayotganini ko‘rsatishi mumkin; oqibatlar
talabnoma beruvchining ushbu ko‘rsatmasi bilan belgilanadi. Ushbu modda maqsadlari va unga
taalluqli qoidalar uchun 2(ii)-modda qoidalari qo‘llanilmaydi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling