Ichaklarni xarakat funksiyasining buzilishlari Ichaklarni xarakat (motor) funksiyasini buzilishlari ichak diskineziyalari deyiladi. Ichak diskineziyalarini 2 ta varianti farqlanadi: giperkinetik va gipokinetik. Birinchi turi uchun ichaklarni peristaltikasini oshishi xarakterli, bunda segmentlovchi va mayatniksimon xarakatlar va ich ketish kuzatiladi. - Giperkinetik tipdagi ichak diskineziyalari
- a) ichak shillik kavatlarida rivojlanadigan ichak retseptorlarining kuzgaluvchanligining oshishi (enteritlar, kolitlar);
- b) ichak retseptorlariga noodatiy patologik kuzgatuvchi – xazm bulmagan ovkat maxsulotlari (masalan, axiliyada), bijgish va chirish maxsulotlari, toksik moddalar ta’siri;
- v) adashgan nervni markazlarini kuzgaluvchanligini oshishi;
- g) gastrointestinal gormonlarining xosil bulishining kuchayishi (motilin).
-
- Gipokinetik tipdagi ichak diskineziyalari kuyidagi belgilar bilan namoyon buladi
- a)ovqat xazm qilishni buzilishlari (parchalanish, surilishni);
- b) suvsizlanish;
- v) ajratuv gazsiz atsidoz (gidrokarbonatlar yukotilishi).
- Gipokinetik tipdagi ichak diskineziyalari ichak peristaltikasini susayishi bilan kechadi va bu qabziyatga olib keladi. Kelib chiqish mexanizmiga qarab qabziyatni 2 ta turi farqlanadi: spastik va atonik.
- Atonik kabziyatlarni rivojlanish sabablari
- a) sifatsiz ovqatlanish, iste’mol qiluvchi ovqat maxsulotlarida kletchatkalarni miqdorini kam bulishi;
- b) me’dada ovqat maxsulotlarini xaddan ziyod xazm bulishi (masalan, me’da gipersekretsiyasida);
- v) Qariyalarda ichaklarda retseptor apparatning yoshga oid uzgarishi, shuningdek semirishda ichak devorlarini struktur uzgarishlari;
- g) adashgan nerv togusining pasayishi;
- d) ichak ichi innervatsiyaning buzilishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |