Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Labaratoriya mashg\'ulotlari (2-kurs)
TAJRIBA ISHI № 2
MАVZU: KAFEDRA QOSHIDAGI PAXTA TOZALASH KORXONASINING TEXNOLOGIK JARAYONINI TAHLILI Ishning mаqsаdi: Paxta tozalash korxonalarida chigitli pахtаni dastlabki ishlashda qo‟llaniladigan texnologik jarayonlarning tahlil qilish va o‟rgаtish. Umumiy ma’lumotlar Paxta tozalash korxonalarining asosiy vazifasi har yili qabul qilingan chigitli paxtadan uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan qolda, yuqori sifatli tola, momiq va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta tozalab, ular tarkibidagi tolalarni ajratib olish hamda urug'lik chigitlarni kasalliklarga qarshi dorilash bilan ham shug'ullanadi. Paxta tozalash korxonalarning asosiy tеxnologik uskunasi (mashinasi) ikki xil: arrali jin va valikli jin bo'lib, arrali jinlar o'rnatilgan korxonalarda o'rta tolali chigitli paxta, valikli jinlar o'rnatilgan korxonalarda esa, uzun tolali chigitli paxta ishlanadi. Kafedra qoshidagi paxta tozalash korxonasida chigitli paxtani texnologik jarayonga berishda pnevmotransportdan foydalanib, tashish quvurlariga 2ЧТЛ rusumli tosh tutgich o‟rnatilgan. Ushbu moslama chigitli paxta tarkibidagi og‟ir jismlarni tutib qolishga mo‟njallangan. Quritish-tozalash bo‟limiga berilayotgan chigitli paxta quvur orqali havo bilan aralashib keladi. Chigitli paxtani havodan ajratish uchun СС-15A markali separatordan foydalaniladi. Separatordan so‟ng 2CБ-10 rusumli chigitli paxta quritish barabaniga beriladi. Agar chigitli paxtanining namligi yuqori bo‟ladigan bo‟lsa quritish jarayoni 2 marotaba amalga oshiriladi. Issiq havo quvuri orqali berilayotgan issiqlik natijasida chigitli paxta tarkibidagi namlik ajraladi. Quritilgan chigitli paxta esa mayda iflosliklardan tozalash uchun СС-15A separatori orqali qatorda o‟rnatilgan mayda iflosliklarni tozalovchi 1XK uskunasiga beriladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling