Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana03.12.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1799059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Labaratoriya mashg\'ulotlari (2-kurs)

TAJRIBA ISHI № 2 
 
MАVZUKAFEDRA QOSHIDAGI PAXTA TOZALASH 
KORXONASINING TEXNOLOGIK JARAYONINI TAHLILI 
 
Ishning mаqsаdi: Paxta tozalash korxonalarida chigitli pахtаni dastlabki 
ishlashda qo‟llaniladigan texnologik jarayonlarning tahlil qilish va o‟rgаtish. 
Umumiy ma’lumotlar 
Paxta tozalash korxonalarining asosiy vazifasi har yili qabul qilingan 
chigitli paxtadan uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan qolda, yuqori sifatli tola, 
momiq va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish 
chiqindilarini qayta tozalab, ular tarkibidagi tolalarni ajratib olish hamda 
urug'lik chigitlarni kasalliklarga qarshi dorilash bilan ham shug'ullanadi.
Paxta tozalash korxonalarning asosiy tеxnologik uskunasi (mashinasi) ikki 
xil: arrali jin va valikli jin bo'lib, arrali jinlar o'rnatilgan korxonalarda o'rta 
tolali chigitli paxta, valikli jinlar o'rnatilgan korxonalarda esa, uzun tolali 
chigitli paxta ishlanadi.
Kafedra qoshidagi paxta tozalash korxonasida chigitli paxtani texnologik 
jarayonga berishda pnevmotransportdan foydalanib, tashish quvurlariga 2ЧТЛ 
rusumli tosh tutgich o‟rnatilgan. Ushbu moslama chigitli paxta tarkibidagi og‟ir 
jismlarni tutib qolishga mo‟njallangan. Quritish-tozalash bo‟limiga berilayotgan 
chigitli paxta quvur orqali havo bilan aralashib keladi. Chigitli paxtani havodan 
ajratish uchun СС-15A markali separatordan foydalaniladi. Separatordan so‟ng 
2CБ-10 rusumli chigitli paxta quritish barabaniga beriladi. Agar chigitli 
paxtanining namligi yuqori bo‟ladigan bo‟lsa quritish jarayoni 2 marotaba 
amalga oshiriladi. Issiq havo quvuri orqali berilayotgan issiqlik natijasida 
chigitli paxta tarkibidagi namlik ajraladi. Quritilgan chigitli paxta esa mayda 
iflosliklardan tozalash uchun СС-15A separatori orqali qatorda o‟rnatilgan 
mayda 
iflosliklarni 
tozalovchi 
1XK 
uskunasiga 
beriladi



Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling