«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


XIV.O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR


Download 4.55 Mb.
bet21/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
1-kitob

XIV.O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR.


1-mashg‘ulot:

Texnologik bosqichlar


Faoliyat turi

Muxandis-pedagog

O‘quvchilar

1-bosqich kirish
(5 daqiqa)

Dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi. Bajariladigan ishning ketma-ketligini va baholash mezonini tushuntirib beradi.

Eshitishadi.

2-bosqich o‘quv materiallari bilan tanishtirish
(20 daqiqa)

Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini (7-bo‘limga asosan) yoritadi va o‘quvchilar bilan yozma test o‘tkazadi (testlar kiritiladi).



Eshitishadi, kuzatishadi va testlar bilan ishlashadi.

3-bosqich kirish yo‘riqnomasi
(20 daqiqa)

Elektr va yong‘in xavfsizliklarining asosiy qoidalarini eslatadi. Ish joyini tashkil etishni namoyish etib tushuntiradi. Valiklar eritib qoplangan namuna po‘lat taxtalarini namoyish etadi. Eritib qoplash rejimini tanlash va uni jihozda o‘rnatishni namoyish etib tushuntiradi. Eritib qoplashning oxiri (tamom qilish) bajarilishini va yoyni qayta yoqish qoidalarini tushuntiradi.

Eshitishadi va kuzatishadi.

4-bosqich.
1-mashg‘ulot mashqlarini bajarish
(180 daqiqa)
1-135 daqiqa
2-45 daqiqa



Quyidagi ishlarni tekshirish maqsadida ish joylarini aylanib chiqadi:
1. Xavfsizlik texnikasiga rioya qilib ish joyini tashkil etish.
2. Eritib qoplashga po‘lat taxtalarni tayyorlash.;
3. Eritib qoplash rejimini o‘rnatish.
4. Har xil usullar bilan valiklarni eritib qoplash.
5. Yoyni qayta yoqish.
6. Chok oxirini bajarilishi.
7. Shakldor valiklarni eritib qoplash.
8. Eritib qoplangan valiklarni tozalash.
9. Bajarilayotgan ishlar sifati.
O‘quvchilarni ishlarida xarakterli xatolari aniqlanganda joriy instruktajni o‘tkazash.

1. Ish joyini tayyor-laydilar.
2. Metalni eritib qoplashga tayyorlaydilar.
3. Eritib qoplash rejimini tanlaydilar va jixozda o‘rnatadilar.
4. Har xil usullarda valiklarni eritib qoplaydilar.
5. Yoyni qayta yoqadilar.
6. Valikni oxiriga yetkazadilar.
7. Shakldor valiklarni eritib qoplaydilar.
8. Eritib qoplangan valiklarni tozalab uning sifatini ko‘zdan kechiradilar.

5-bosqich yakuniy ko‘rsatma (instruktaj)
(45-daqiqa)

O‘quvchilar ishini qabul qilish va baholash, amaliy mashg‘ulotga yakun yasash. O‘quvchilarga tipik xatolarini ko‘rsatib o‘tish. Keyingi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilish va nazariy materiallarni qaytarish uchun vazifa berish.

Bajargan ishlarni topshirishadi. Mashg‘ulot yakunini eshtishadi, uyga vazifani yozib olishadi.


Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling