Rasm 1. Uchma-uch choklar qirralarini tayyorlash.
a)-qirralarni bukib; b)-qirralarni tayyorlamasdan; c)-qirralarni tayyorlab; d)-ikki qirrani bir tomonlama tayyorlab; e)-X-simon shaklida ikki qirrani tayyorlab; f)-U-simon shaklida tayyorlash.
Payvandlash toki elektrodning turi (markasi) va diametriga qarab tanlanadi. Bunda chokning fazoviy holati, birikma turi, qalinligi va payvandlanayotgan metallning kimyoviy tarkibi, hamda atrof muhit harorati, inobatga olinadi.
Ko‘rsatilgan hamma faktorlarni (omillarni) inobatga olib maksimal tok kuchida ishlash tavsiya etiladi.
Payvandlash tokini aniqlashda quyidagi bog‘liqlikdan foydalaniladi:
I cb + kd, yoki I cb + (20Q6de) de;
Bu yerda; k – 40-60 ga teng, koeffitsiyenti; pastki choklarni payvandlashda eng katta qiymat (60), vertikal va ship choklarni payvandlashda eng kam qiymati (40) olinadi; de – elektrod o‘zagi (stejeni, simi) diametri, millimetrda.
Uchma-uch choklar qirralarini tayyorlamay yoki V, X va U-simon shaklda tayyorlab payvandlanadi. Uchma-uch choklar qirralarini tayyorlamay payvandlashda uning qalinligiga qarab bir tomonlama yoki ikki tomonlama payvandlanadi. Bunda elektrod uchi ko‘ndalang amplitudada talab qilinadigan chok kengligiga qarab tebranma xarakat qilinadi. (rasm 2). Har ikki qirrani butun qalinligi bo‘yicha va ayniqsa chokning pastki qismi tutashgan joylarni (chok ildizini) bir xil erishini nazorat qilib borish kerak.
Rasm 2. Elektrod uchini tebratish trayektoriyasining asosiy turlari:
qirralarni (a-b) kuchsiz, (c-g) kuchli qizdirish, (h-i)qirrani bir tomonini kuchli qizdirish, chok ildizini qizdirish (j).
V-simon shaklda tayyorlangan qirralarni bir necha marta o‘tishda payvandlaganda, birinchi qatlam-chok ildizi yaxshi payvandlanadi. Buning uchun odatda 3-4 mm diametrli elektrodlar ishlatilib ko‘ndalang tebranma xarakatlar bilan payvandlanadi. Qatlamlar orasini yaxshilab eritib payvandlash uchun qatlamlar shlak va sachragan metall zarrachalardan sifatli tozalanadi. Qirralar orasini butun chok uzunligi bo‘yicha yoki alohida valiklar bilan to‘ldiriladi. (Rasm 3). Bir necha marta o‘tib payvandlashda (rasm 3) chokni tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun butun chok bo‘ylab payvandlanadi (dekorativ chok qo‘yiladi).
X va U-simon shaklda qirralarni tayyorlab payvandlashda huddi V-simon shakl qirralarini payvandlash kabi bajariladi. Biroq imkon bo‘lsa deformatsiya va kuchlanish qoldiqlarini kamaytirish uchun har bir valikni yoki har bir qatlamni bir gal bir tarafdan ikkinchi gal boshqa tarafidan bajrish kerak.
Uchma-uch choklarni payvandlash xilma-xil usullar bilan bajariladi (rasm 4).
Do'stlaringiz bilan baham: |