«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Download 4.55 Mb.
bet28/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
1-kitob

PAYVANDLASH YO‘NALISHI BO‘YICHA O‘QUV AMALIYOTI QO‘LLANMASI


MODUL RAQAMI: P.8.

MAVZU: «Uchma-uch choklarni payvandlash mashqlari»

MAQSAD: O‘quvchilarga uchma-uch choklarni payvandlashni o‘rgatish.
O‘ O‘QUV SOATLARI: 12 soat
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Ish joyini tashkil etish;
qirralarni payvandlashga tayyorlash;
payvandlash rejimini tanlash;
qirralarni tayyorlamasdan pastki holatda uchma-uch choklarni payvandlash;
qirralarni V va X-simon shaklda tayyorlab pastki holatda uchma-uch choklarni payvandlash;
gorizontal holatda choklarni payvandlash;
vertikal holatda choklarni payvandlash;
ship holatda choklarni payvandlash;
xavfsizlik texnikasiga rioya qilish.
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
ish joyini tashkil etish qoidalari;
qirralarni payvandlashga tayyorlash usullari;
payvandlash rejimini tanlash usullari;
har xil fazoviy holatlarda payvandlash usullari;
xavfsizlik texnikasi;
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Uchma-uch choklari uzluksiz (tutash) bajariladi. Ularni ajratib turuvchi belgisi bo‘lib odatda ulanadigan jismlarni ko‘ndalang kesimida qirralarini tayyorlash shakli xizmat qiladi. Mazkur belgilariga qarab uchma-uch choklarning quyidagi asosiy turlari mavjud: qirralarni bukib (rasm 1, a); qirralarni tayyorlamasdan – bir tomonlama va ikki tomonlama (rasm 1, b); qirralarni bir tomonini tayyorlab-bir tomonlama, ikki tomonlama; to‘g‘ri chiziqli yoki qiya chiziq shaklida tayyorlash (rasm 1, c); ikki qirrani bir tomonlama tayyorlash; V-simon shaklida tayyorlash (rasm 1, d) ikki qirrani ikki tomonlama tayyorlash; X-simon shaklida tayyorlash (rasm 1, e).
Qirralarni tayyorlash to‘g‘ri chiziqli yoki qiya chiziqli shaklda bo‘lishi mumkin (U-simon shaklida tayyorlash, rasm 1, f).




Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling