Pdf-xchange 0 Examples
O’QITISHNI TASHKIL QILISH JARAYONIDA ONLAYN KURSLAR
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QITISHNI TASHKIL QILISH JARAYONIDA ONLAYN KURSLAR TIZIMINI YARATISH
O’QITISHNI TASHKIL QILISH JARAYONIDA ONLAYN KURSLAR
TIZIMINI YARATISH Musurmonov U. A.Qodiriy nomli JDPI Texnikaning rivojlanishi ayniqsa XXI-asrda jadallashdi. Buning natijasida xayotimizga inernet tizimi kirib keldi. Internet tizimining kirib kelishi esa xayotdagi har bir soxalarning xayotida katta burilish yasadi. Bulardan birinchi о‘rinda ta’lim tizim bо‘lib, ta’lim tizimida yuksalishni yanada tezlashtirdi. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil qiladigan bо‘lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga о‘zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini о‘taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bо‘lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini о‘rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muxim vositalaridan biriga aylandi. 347 Internetning informatsion funksiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bо‘lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosida nihoyatda tez sur’atda e’lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida dunyoning har qanday joyidagi eng sо‘nggi voqea-xodisalardan xabardor bo’lish, gazeta va о‘quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, xamda ularni keng о‘quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha о‘n barobar arzon, tez va samaraliroq bо‘ladi. Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib о‘zaro muloqot kilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet telefon va real vaqt oralig’idagi bevosita xabar almashish, messenjerlar yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar kо‘chalarini (masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan rohatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimiga internet singib ketgan desak mubolag‘a qilmagan bо‘lamiz. Masalan, ulardagi kurslarni kо‘rib о‘taylik. Ular ochiq va yopiq kurslarni ta’lim tizimiga keng joriy qilingan. Yopiq kurs bu Internet orqali biror bir bilim dargoxida bilim olish va u yerning diplomini olish deganidir. Masalan, Rossiya davlatining Intiut.ru saytiga a’zo bо‘lgandan sо‘ng har bir rо‘yxatdan о‘tgan foydalanuvchi elektron manziliga tanlangan kurs, ta’lim yо‘nalishiga oid darslarini jо‘nata boshlaydi. U yerda ishchi rejalar, ma’ruzalar, qо‘llanmalar, foydalanish mumkin bо‘lgan adabiyotlar kabi ma’lumotlarni jо‘natishadi. Ularni rо‘yxatdan о‘tgan elektron pochtaga jо‘natiladi (qisqacha ma’lumot, xabar beriladi) va har bir kurs nihoyasida test sinovlari yordamida olingan bilim baholanadi. Agar kurs yuzasidan olingan bilimining kamida qoniqarli bо‘lsa, albatta diplom yoki sertifikat beriladi. Bu albatta о‘rganuvchiga cheksiz imkoniyat deganidir.Bunda bir vaqtning о‘zida bir necha oliy о‘quv yurtlarida taxsil olish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda bunday onlayn kurslarni taqdim etuvchi saytlar kun sayin ko’payib, berilayotgan bilim darajasining saviyasi oshib bormoqda. Hozirgi kunda onlayn kurslarni taqdim etuvchi saytlar sirasiga o’zbek saytlaridan grantlar.uz saytnini misol qilsak bo’ladi. Bu sayt onlayn o’quv kurslarini taqdim etishda bir qancha saytlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Ko’plab turli axborot tizimlarining, ayniqsa, internet tizimining tashkil qilinishi, zamonaviy kommunikasiya hamda multimedia xizmatini amalga oshiruvchi vositalarning ishlab chiqilishi har bir foydalanuvchiga, talabaga jahondagi istalgan axborot bazalariga kirib borish va ulardagi ma’lumotlardan istalgancha foydalanish imkoniyatlarini berdi. Shuning uchun ham zamonaviy 348 axborot texnologiyalari va tizimlaridan xabardor bo’lib borish hamda ulardan foydalana bilish har bir mutaxassisning vazifasidir. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling