Pdf-xchange 0 Examples
baho” hamda “guruh bahosi
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- BLIS-SO‘ROV TEXNOLOGIYASI 52 So‘rov natijasi
- Adabiyotlar
- IMS TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
baho” hamda “guruh bahosi” bo‘imidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan
kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda “yakka xato” va “guruh xato” bo‘limlariga yozishlarini so‘raydi; o‘qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi va ularni har birini alohida-alohida sharhlab beradi; o‘qituvchi mashg‘ulotni yakunlab, ba’zi guruhlarning mashg‘ulot mobaynidagi ish faoliyatlariga o‘z fikrini bildiradi va talabalar bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan to‘g‘ri javoblar soniga qarab har bir talaba o‘z bahosini ilovada ko‘rsatilganidek aniqlaydi. Misol tariqasida “Excelda standart funksiyalar” mavzusidagi blis- so‘rovning jadvalini keltirish mumkin. BLIS-SO‘ROV TEXNOLOGIYASI 52 So‘rov natijasi Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda informatika faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirish davr talabi hisoblanadi. Shu maqsadda “Excel dasturining standart funksiyalari” mavzusini yoritishda “Blis-so‘rov” usulidan foydalanish maqsadga erishishga yo‘l ochib beradi. Adabiyotlar: 1. J.G‘.Yo‘ldoshev. “Zamonaviy dars”. T.: “O‘qituvchi”, 2007 y. 2. B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Toshkent 2011 y. IMS TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI Халилов М. ТАТУ Фарғона филиали, musohon86@mail.ru IMS asosidagi yangi boshqaruv konsepsiyasi bir necha prinsiplarga asoslanadi. 1. Abonent tushunchasi o’rniga IMS tizimida abonent tarmog’i tushunchasi kiritiladi. Bunda tarmoqda abonent qurilmalari sonini oshirish, shuningdek, NGN kirish tarmoqlarida konvergensiya xususiyatlari hisobga olinmoqda. 2. Boshqaruv tizimiga abonentlarning uy serveri NSS (Home Subscriber Server) abonent joylashuvini nazorat qilish, rouming va billing jarayonlarida foydalaniladigan HLR (Home Location Register) – abonentlar joylashuvini hisobga olish tizimining ekvivalenti sifatida qo’shiladi. 3. IMS ni boshqarish asosiga turli qurilmalar o’rtasida boshqaruv jarayonlarnini ajratish bilan Softswitch konsepsiyasi qo’yilgan. 4. IMS tizimining talab qilinadigan funksionalligini ta’minlash uchun boshqaruv yadrosining arxitekturasini sezilarli darajada murakkablashtirish 53 kerak, bu esa MGC ni Softswitch dan bir necha elementlarga dekompozitsiya qilinishiga olib keldi. Keltirilgan to’rtta parametrlar IMS ning texnik echimlarini aniqladi. IMS ning keltirilgan yangiliklari haqida biroz to’xtalib o’tamiz. IMS konsepsiyasining Softswitch dan birinchi farqi – bu abonent tarmog’i tushunchasidir. Gap shundaki, Softswitch konsepsiyasi kompyuter telefoniyasidan kelib chiqqan bo’lib, shu sababli uning bir necha kamchiliklari mavjud, chunki u avvalo faqat telefonli abonentlarga mo’ljallangan edi. NGN spetsifikasi o’zining o’zgartirishlarini kiritdi va zamonaviy Softswitch talqinida abonent sifatida kompyuter va SIP- terminal va boshqalar bo’lishi mumkin. IMS konsepsiyasi abonent tushunchasini abonent tarmog’i tushunchasiga o’zgartirdi, shu sababli IMS tizimida oxirgi qurilmalarga NGN tarmog’iga birlashtirilgan turli tizimlar oilasi ham kiradi. Bu tushunchani talqin qilishda ma’lum erkinliklar mavjud, chunki IMS abonent tarmog’I hajmini aniqlamaydi. Eng soda holatda bu konvergent abonent ulanishi bo’lishi mumkin, masalan, Wi-Fi tarmog’i bilan ADSL va unda bir necha qurilmalarning ulanishi. Ammo IMS nuqtai nazaridan an’anaviy TDM tarmog’ining segmenti yoki NGN segment ham abonent tarmog’i sifatida qabul qilinishi mumkin. Abonent tarmog’ini bunday talqin qilishda IMS konsepsiyasining demokratikligi va yangiligi ko’zga ko’rinadi. Ushbu yangilik shunchalik murakkabki, unda zamonaviy texnologiyaning barcha xarakteristikalari ko’rsatilmagan, ammo aynan u IMS ni HLR o’rnatilgan Softswitch sifatida ko’rish imkonini beradi. IMS tizimida abonent joylashuvini hisobga olish tizimining mavjudligi – IMS abonentlari mobilligining aniq yutug’idir. Bu erda ushbu masalani muhokama qilishning zaruriyati yo’q. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, HSS funksiyalari sotali aloqa tizimlaridagi HLR funksiyalariga nisbatan kengroqdir. Birinchidan, sotali tarmoqda telefon abonentlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasi o’rniga IMS da yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi abonent tarmoqlari joylashuvini nazorat qilish funksiyalari realizatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, IMS xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni hisobga olishni talab qiladi. Agar HLR da barcha abonentlar bir xil statusga ega bo’lsa, HSS da ular kategoriyalarga ajratilishi kerak va personal xizmatlar konsepsiyasi rivojlangani sari HSS da kategoriyalar ko’payib boradi. Shu tarzda, HSS strukturasi HLR strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling