Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 69.23 Kb.
|
1-mavzu
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Har bir fanning o‘z o‘rganish sohasi, tadqiqot obekti bo‘ladi. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti - bu pedagogik nazariyalar (ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi)ning hamda pedagogik tajribalarning sintezidir (sintez pedagogik bilimlar, hodisalar, tajribalarning birligi, o‘zaro birikishi). Bu fan ta’lim tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari ta’lim-tarbiya mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari va bu jarayonda o‘qituvchi (ta’lim beruvchi), tarbiyachi (tarbiya beruvchi), o‘quvchi- tarbiyalanuvchilar faoliyatining yaxlitligi qonuniy bo‘lishi lozimligini o‘rganuvchi tadqiq qiluvchi fan. Zero, pedagogika fanlari mazmunidagi ma’lumotlar va tajribalarni maqsadga muvofiq qo‘llash yo‘llari faqatgina fanni o‘qitish metodikasi yordamida izohlanadi. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fani yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat va yuqori malakada o‘qituvchi-tarbiyachilarni tayyorlash maqsadida ta’lim oluvchilar diqqatini tarbiya printsiplari va tarbiya shakllari, metodlarining yaxlitligini ta’minlash hamda zaruriy hodisa ekanligini asoslaydi va dalillaydi. Shunga ko‘ra pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchilar kelajak faoliyatlari uchun pedagogik turkum fanlarini o‘rganish jarayonida pedagogikaning bu kategoriyalari muhim ekanini anglab oladilar. Shu bilan birga ta’lim oluvchilar pedagogikaning bu kategoriyalari kelajak faoliyatda muhimligini bilib olishlari uchun pedagogikaning nazariy ma’lumotlaridan xabardor bo‘lishlari lozimligini ham metodika fani diqqat nazaridan qochirmaydi. Bu deganimiz tarbiya nazariyasini chuqurroq egallash uchun pedagogikaning umumiy asoslarini mukammal egallash demakdir. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish metodikasi fani fanlar mazmuniga ma’lumotlarni tanlash va tinglovchilarga bayon etishda ilmiy metodologiyaga asoslanadi. Chunki, ilmiy metodologiya nazariy bilimni egallash va amaliy faoliyatni tashkil etish tamoyillari va usullari tizimini aniqlovchi, nazariy ma’lumotlarni, amaliy faoliyatga qo‘llashni aniq belgilaydi. Shu nuqtai nazardan pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogik nazariya va uning amaliy faoliyatdagi o‘rnini belgilash va tadbiq qilish yo‘llarini maqsadga muvofiq yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogik bilimlar, pedagogik tafakkurning bir sohasi sifatida shu nuqtada pedagogika metodologiyasiga tayanadi va bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachi pedagogika nazariyasi bilan pedagogik tajribalarni yaxlitlikda amalga oshirishi ijtimoiy pedagogik hodisalarning muhim sharti deb takidlaydi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan o‘zgarishi, yangi-yangi pedagogik ta’lim muassasalarining bunyod etilishi pedagogika fanlari doirasini kengaytirdi. Endi pedagogika fani ta’lim-tarbiya ishlarini ilmiy-nazariy, ommaviy-uslubiy fan sifatida emas, balki jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan, bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, tadbirkor shaxslarning shakllanishi, rivojlanishini, ta’minlovchi fan sifatida talqin etilmoqda. Shunga ko‘ra pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fani mukammal pedagogik bilimga ega, ta’lim-tarbiya ishalarini yuksak ilmiy darajada ta’minlashga qodir, yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, ma’naviyatli demokratik islohotlarga faol ishtirok etuvchi bunyodkor, tashkilotchi murabbiy va mutaxasislarni tayyorlashga ko‘maklashadigan fan bo‘lmog‘i darkor. Endi bu fan ta’lim-tarbiyada, hayot jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan, komil inson, tadbirkor mutaxasisni tarbiyalashda, bor imkoniyatlaridan foydalanishga qodir fan hisoblanadi. Shunga asosan, hamda yangi ta’lim konsepsiyasida va kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim-tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy – madaniy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi qilib belgilanishi pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari doirasi kengaydi va yangicha ma’no kasb etmoqda. Download 69.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling