Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet14/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu

Oliy ma’lumot darajasi — shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan o‘quv rejalari va fanlar dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda, o‘zlashtirishi natijasi.
Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) — akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va fanlar dasturini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi — oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.
Oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi — oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining OT DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati.
Oliy ta’lim — uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi mustaqil turi. Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti — muayyan ta’lim sohasiga (soha tarkibiga) qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasi.
Oraliq nazoratbu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
Oraliq nazoratbu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling