Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet12/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1-mavzu

Mehnat pedagogikasi- asosan axloq tuzatish muassasalarida jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashning shart-sharoitlari va xususiyatlarini o'rganadigan pedagogikaning sohasi.
Metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llsnma.
Metodika – muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir.
Metodika – pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Monolog-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
Musiqiy pedagogika - musiqiy ta'lim va tarbiyaning samarali usullarini, shakllarini o'rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa sohasida turli yo'nalishlarda ijodiy ko'nikmalarni, tajriba va amaliy malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga olgan pedagogika fanining sohasi.
Mutaxassislik — 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling