Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet11/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-mavzu

Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Logopediya – nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Ma’ruza (o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi.
Ma’ruza metodi-bu o‘qituvchi tomonida katta mazmundagi ma’lumotni og‘zaki tarzda mantiqiy izchillikda bayon qilish, talabalarning esa o‘quv materialini tinglash orqali idrok etishini nazarda tutadi.
Magistratura — bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim.
Malakaavtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi.
Malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va o‘quv hosil qilish, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi.
Malaka talablari — uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
Maxsus pedagogika (defektologiya) - aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling