Dialog- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Didaktik kontseptsiya (didaktik tizim) ta`limda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari, tashkiliy shakllari to`g`risidagi qarashlar (g‘oyalar) majmuidir.
Didaktika pedagogikaning mustaqil qismi bo‘lib, o‘qitish va ta’lim berish muammolari bilan shug‘ullanadi hamda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Elektron pedagogika - pedagogik faoliyatda kerakli interaktiv o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy ko‘nikmalar hosil qilish to‘g‘risidagi fan.
Harbiy pedagogika - harbiy pedagogik jarayonning qonuniyatlari, harbiy kadrlar va harbiy guruhlarni o'qitish usullari, ularni muvaffaqiyatli jangovar operatsiyalar va harbiy-kasbiy faoliyat uchun tayyorlashga qaratilgan pedagogika fanining bir bo'limi.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonlarida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
Joriy nazorat- o‘qituvchi tomonidan talabalarning xar bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash;
Do'stlaringiz bilan baham: |