Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Аxborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi


Download 69.23 Kb.
bet9/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-mavzu

Аxborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Badiiy pedagogika- pedagogika va adabiyotni birlashtirishga asoslangan pedagogika fanining sohasi, ta'lim va inson taraqqiyoti qonunlarini badiiy adabiyot orqali o'rganish.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirish.
Bakalavr, magistr — oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik darajalar.
Bakalavriat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim.
Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi;
Darslik — davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi.
Diagnostika-(yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma’noni bildiradi) - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon to‘g‘risidagi aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling