Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet17/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu

Tibbiy pedagogika - shaxsga psixologik-pedagogik va tibbiy ta'sir ko'rsatishning zamonaviy vositalari va usullarini, inson ruhiyatining umumiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish to‘g‘risidagi fan.
Tiflopedagogika – ko‘zi ojizlarni bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Tizim (sistema)tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir ko‘rsatib turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar yig‘indisidir.
Tizim (sistema) –o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar o‘rtasidagi mustahkam birlik va bog‘liqlik.
Turizm pedagogikasi - bu turizmning gumanitar va ijtimoiy funksiyalari kontekstida shaxsning tarbiyasi, ta'limi va rivojlanish jarayonlarini o'rganadigan fan.
Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Xalq pedagogikasiturli xalq, millat va elatlarning xalq og‘zaki ijodidagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik g‘oyalarning mohiyatini, mazmunini o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
Yakuniy davlat attestatsiyasi — bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini baholash.
Yakuniy nazorat – sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Yo‘nalish — 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
Yosh pedagogikasi – turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling