Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet16/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu

Ta’lim metodi - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li;
Ta’lim natijasi - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish — o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
Ta’lim vositasi - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt;
Ta’limni tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon;
Ta'lim mazmuni- inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri.
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Teatr pedagogikasi - zamonaviy pedagogikaning amaliy jihati bo'lib, ta'lim jarayonida voqelik, yashash, shaxsiy ijodiy harakatlar va improvizatsiya tamoyillarini tatbiq etuvchi, intellektual, hissiy tuyg'ularni aks ettiradigan fan.
Test – aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Texnologik jarayon– ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisidan iborat
Texnologik operatsiya– ishchi yomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik rejim-texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan opertatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Texnologik xarita- ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjatdir.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling