Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet13/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
1-mavzu

Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy va ma'rifiy faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo'yicha shaxsga ta'sir o'tkazish usullari, muzeylarning ta'lim muassasalari bilan o'zaro munosabatini o‘rganadigan fan.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Nazoratning guruhli shakli- talabalarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan talabalar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa talabalar ham qatnashishi mumkin.
Nazoratning individual shakli- har bir talabaning bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida odatda talabalar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
Nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli - individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha talabalardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.
Nazoratning ommaviy (frontal) shakli- o‘qituvchi talabalarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, talabalar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik talabani nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni talabalarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
Neyropedagogika - inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Oligofpenopedagogika – aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling