Pedagogik akmeologiya – o‘qituvchining kasbiy faoliyatining eng yuksak bosqichiga etish muammolarini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik aksiologiya - pedagogik yangiliklar, innovatsiyalarning pedagogik jamoatchilik tomonidan o‘zlashtirilish darajasini baholash, idrok etish haqidagi nazariy bilimlar.
Pedagogik kvalimetriya – pedagogning faoliyat jarayonida erishadigan sifat va samaradorlik darajalarining o‘lchovi va mezonini o‘rganadi.
Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik riskologiya – pedagogik vaziyatlarda eng muhim qarorlar qabul qilish jarayonida tavakkalchilik xususiyatlarini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – turli tarixiy davrlarda pedagogik g‘oyalarning va tarbiyaning taraqqiyotini o‘rganadi.
Polelog- guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Qiyosiy pedagogika – turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
Reyting -baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Suhbat metodi - bilim o‘zaro so‘zlashuv (dialog) yo‘li bilan o‘rganishga sabab asosan seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning mustaqil ishi, referatlari, o‘quv konfersiyalarida qo‘llaniladi.
Surdopedagogika – kar va soqov bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi;
Ta’lim maqsadi – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi;
Ta’lim mazmuni –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |