Pedagogik adabiyotlar, lug'atlar, ma'lumotlarni o'qib o'rganish orqali "metodika", fan metodikasi, pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi tushunchalarining mohiyatini ochib berish


Download 69.23 Kb.
bet7/19
Sana22.06.2023
Hajmi69.23 Kb.
#1648010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-mavzu

7. Qiyosiy pedagogika – turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
8. Xalq pedagogikasiturli xalq, millat va elatlarning xalq og‘zaki ijodidagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik g‘oyalarning mohiyatini, mazmunini o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
9. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Hozirgi davrda fanlar integratsiyasi jarayonida paydo bo‘lgan pedagogikaning zamonaviy tarmoqlari ham shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Pedagogik aksiologiya - pedagogik yangiliklar, innovatsiyalarning pedagogik jamoatchilik tomonidan o‘zlashtirilish darajasini baholash, idrok etish haqidagi nazariy bilimlar.
Pedagogik akmeologiya – o‘qituvchining kasbiy faoliyatining eng yuksak bosqichiga etish muammolarini o‘rganuvchi fan.
Pedagogik riskologiya – pedagogik vaziyatlarda eng muhim qarorlar qabul qilish jarayonida tavakkalchilik xususiyatlarini o‘rganadi.
Pedagogik kvalimetriya – pedagogning faoliyat jarayonida erishadigan sifat va samaradorlik darajalarining o‘lchovi va mezonini o‘rganadi.
Neyropedagogika - inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Badiiy pedagogika- pedagogika va adabiyotni birlashtirishga asoslangan pedagogika fanining sohasi, ta’lim va inson taraqqiyoti qonunlarini badiiy adabiyot orqali o‘rganish.
Artpedagogika - san’at pedagogikasi bo‘lib nazariya va amaliyotni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, badiiy rivojlanish jarayonining nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishni, badiiy-ijodiy va ijodiy faoliyat orqali individual madaniyatning asosini tashkil etadi. San’atni rivojlantirish orqali shaxslarni tarbiyalash, tayyorlash va rivojlantirish; badiiy madaniyatning asoslarini shakllantirish va turli xil badiiy faoliyat turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.

Download 69.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling