Pedagogik diagnostika
A-Ota-onaning oiladagi dominantalik xususiyati-hukm qilishadi; Ish joyida boshqara oladi, rahbarlik qila oladi, mustaqil qaror chiqaradi, o`z bolalarida hurmat tuyg`usini o`yg`otadi
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
9-rasm Ota-onalarning interpersonal xulqlaridagi asosiy omillar
A-Ota-onaning oiladagi dominantalik xususiyati-hukm qilishadi; Ish joyida boshqara oladi, rahbarlik qila oladi, mustaqil qaror chiqaradi, o`z bolalarida hurmat tuyg`usini o`yg`otadi ;V-Ota-onaning egotsentrik xususiyati-maqtanadi, kiborli, o`z-o`ziga o`ta aro beradi, qat’iyatli, o`ziga ishonchi komil, mustaqil; S-raqobatlilik xususiyatiga ega, ekspluatatsiya qilishga moyil, ishonchsizlik bildirishga usta, bolalarida pessimistik to`yg`ularni shakllantiradi; D-agressiv, kinoyali va kinoyaomuz xulqga ega, kat’iyatli; E- harakatchan, muxoliflarcha harakat qiladi, ochiq, tanqidiy hatti-harakatga ega; F-tanqidiy-Shikoyatchi, jahldor, gina-qudratchi, haqiqatparvar, boshqalarga o`xShamaydi; G-Shubhachi-ishonchsiz, o`zini o`zgalardan kam biladi, hushyor;Bolalarida ishonchsizlik alomatlarining paydo bo`lishiga sabab bo`lishadi.; N-Kamtarin-o`z-o`zini tanqid ostiga oladi, o`zini aybdorlarcha his etadi, xulqida tez-tez o`zgarishlar seziladi, orqa o`rinda bo`lishni yoqtiradi; -I-O`zini xurlangan, qimtilgan etib his etadi, kuchsiz iroda va xarakterga ega, o`z ishini sidqidildan bajaradi, to`g`riso`z bo`lishga harakat qiladi, o`zgalar fikrini ustun qo`yadi; Bolalaridan itoatgo`ylikni talab qilishadi; U-Konformli-tez muloqotga kirishadi, kirishuvchan,o`ta mehribon, nazokatga ega, o`zgalar maslahati va rahbarligini tan oladi, o`zgalar g`alabasini chin dildan qabul qiladi, bolalarining fikrini inobatga oladi; K-Giperkonformli-kompromiss(yon berish)ga boradi, yordamga muhtoj, farzandlarining fikrini tan oladi, ishonuvchan, takallufli; L- Kooperativ-kompromissga boradi, doim ko`nadi, mehribonlikka loyiq, oila a’zolari bilan hamkorlikda ishlashni xush ko`radi, kirishuvchan; M-Giperafiliativ-do`stona munosabatda ish qilishni xush ko`radi,ko`ngilchan, yoqimtoy,kirishuvchan, o`ta mehribon; Bolalaribilan o`z tenqurlari kabi munosabatda bo`lishadi; N-Giperprotektiv ota-onalar- yumshoq, o`ta his-hayajonga beriluvchan(ijobiy munosabatda bo`lishga loyiq), kirishuvchan, ko`ngilchan. Bolalarining qiziqishlarini inobatga olishadi; O-Mas’uliyatli- bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilishadi, yordamga tayyor, tashabbuskor, o`zgalar g`amini yeydi. Bolalarida mas’uliyatlilik hissini o`stirishga moyil; P-Avtokratik-hurmat va izzattalab, pedant, dogmaga moyil, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega,maslahat berishga usta, o`zgalarni o`rgatishni xush ko`radi; Tajribalar ko`rsatishicha, har bir ota-ona interpersonal omillarning besh boskichini o`z boshidan albatta kechiradi. Ayniqsa, 1,2,5 bosqichlar muhim ahamiyatga ega. 1-bosqich toifasiga mansub ota-onalar o`zgalar tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalarini qabul qilishga tayyor kishilar deb baholanadi. 2-bosqich guruhiga moyil insonlar esa ko`proq yaqin kishilarining-ota-onasi, rafiqasi, qarindosh-urug`i, do`stlari va hokazolarning axloq normalariga bo`lgan qarashlarini inobatga oladi va mazkur qoidalarga binoan yashashga harakat qilishadi. 5-bosqich insonlarning idealiga mos ravishda, o`zining axloqiy «Men»ini aks ettiradi. Kuzatuvlardan aniqlanishicha, 16 omillarning barchasi «Buysunish dominantaligi» va «Do`stona-Muxoliflik» omillariga aloqador. Bundan o`xshash xulosa kelib chiqadiki, barcha interpersonal omillar ushbu to`rtta bosqichga tobedir. Ularning kombinatsiyasi Shaxsning vertikal o`q orqali to`rtga bo`lingan aylanadagi bo`laklar o`rnini belgilaydi(Buysunish-dominantlik) va gorizontal o`q (Do`stona-muxoliflik). Alohida interpersonal omillar qo`yidagi aspektlarda belgilanadi ( 8-rasm). 1) ichki aylana-adaptiv xulq; 2) o`rta aylana- o`zgalar ta’siri ostida paydo bo`luvchi xulq; 3) tashqi aylana-ekstremal holatdagi xulq. 9-rasmda raqamlar bilan qo`yidagilar belgilangan: 1-Rahbarlik qilishga moyillik, o`z ortidan ergashtirish hissining mavjudligi; Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling