Pedagogik diagnostika
-BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING METODOLOGIYASI
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostika
1-BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING METODOLOGIYASI
1-mavzu. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING PREDMETI VA TARIXIY RIVOJI Pedagogik diagnostikaning shakllanish va rivojlanish tarixi. O‘zbеkiston Rеspublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga kеltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, istе'dodlarini, ichki imkoniyatlarini, o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdеk rivojlantirishni talab etadi. Diagnostika – (yunon tilida: «dia» – «shaffof», «gnoziβ»–«bilim» degan ma'noni bildiradi) o`rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon to`g`risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. «Pedagogik diagnostika» atamasi birinchi bor 1968 yili nemis olimi Karlxaynts Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi. Pedagogik diagnostika yordamida жамиятдаги ma'naviy–ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta'lim–tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta'lim–tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ularning o`zgarish dinamikasi хам кузатилади, мавжуд камчиликлар бартараф этилади. O`quv–tarbiyaviy jarayonni оптималлаштиришга xizmat qiluvchi pedagogik diagnostika har bir rejali o`quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, o`quvchi materialni qanday o`zlashtirayotganini doimo kuzatib boradi, tarbiyaviy jarayondagi muammolarning yechimini topishga хизмат қилади. Педагогик диагностика ёрдамида o`quv – тарбиявий jarayonиda tug`iladigan qiyinchiliklar ўрганилади, уларни бартараф этиш йўллари ташкил этилади. Agar diagnostika (tashxis)ning ahamiyatini tibbiyot sohasi nuqtayi nazaridan qarasak, kasallik, uning belgilari va uni kelib chiqish sabablari to`g`ri aniqlansa, davolanish natijasida bemorning tuzalib ketishiga ishonish mumkin. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning harakatini yo`qqa chiqarib qolmay, kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana salomatligi to`g`risida aytilgan shu fikrlar ruhiy sog`liqqa ham xuddi shunday aloqadordir. Shuning uchun diagnostika yuksak malaka va javobgarlikni talab qiladigan faoliyatdir. Insonning jismoniy rivojlanishini tashxis qilish ancha oson. Buning uchun bir qator mashqlar bajarilgach, uning natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. Lekin ruhiy, ma'naviy, intellektual, ijtimoiy rivojlanishni diagnoz qilish ancha mashaqqatli. Bu maqsadda qo`llanayotgan metodikalar hali ancha murakkab bo`lib, har doim ham to`g`ri natija beraveradi, deb bo`lmaydi. Pedagogik amaliyotda o`quv maskanlari pedagog–psixologlari va o`qituvchilar shaxsning alohida sifatlarini o`rganadilar, lekin bu natijalarga qarab, rivojlanishning barcha komponentlariga umumiy baho berishga har doim ham musharraf bo`la olganlaricha yo`q. Rejali va maqsadli o`qitish va tarbiyalash jarayonida natijalarni aniqlash zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. Albatta o`z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar quyib, tinch–osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va ochiq fuqorolik jamiyat qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Mustaqilligimiz tufayli xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va faravon hayotni barpo etayotgan, erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olayotgan bir davrda jamiyatimizdagi yoshlarni tarbiyalashda ma'naviy meros va qadriyatlarimizga suyanib, optimal uslub va vositalardan foydalanishimiz lozim. Demak, har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash pedagogikaning azaliy maqsadlariga mos kelishi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, bugungi kunda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni komil inson qilib tarbiyalash–pedagogikaning eng dolzarb muammolari qatoridagi masalalardan biri bo`lib qoladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling