Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalar ishlovi
- Korreksiyalashda natijalarni baholash
Topshiriq: 1)Shaxsni tavsiflovchi so`zlarni diqkat bilan o`qib chiqing. O`zingizga talluqli bo`lgan sifatlovchi so`z yoniga belgi(^) qo`ying. Ikir-chikir detallar to`g`risida o`ylab o`tirmasdan, ikkilanmay o`zingizga baho qo`yishga harakat qiling. Sifatlovchi belgilarning mosini tanlaganingizdan so`ng, guruh sardoriga e’lon qiling;
2) tadqiqotning ikkinchi bosqichida siz o`zingizda mavjud bo`lgan sifatlovchi belgilarga to`g`ri baho berayotganligingizga ishonchingiz mukammal bo`lmagan taqdirda, aynan o`Sha so`zlar tagiga chizib chiqing. 3) Tadqiqotning uchinchi bosqichida, siz o`zingizda mavjud bo`lgan tavsifiy belgilaringizga yanada aniqroq baho berishga harakat qiling va har bir tavsiflovchi belgi yoniga foizlarni chiqarishga harakat qiling. Masalan, qat’iyatlilik-45%;, qaysar-65%; kamtarin-60%, Itoatkor-30% va h.k. Sifatlovchi belgilar juftligini hamda ularga qo`yilgan foizlarni yana bir bor sinchiklab o`rganib chiqing. Natijalar ishlovi: Guruh sardorlari tadqiq qilinuvchi talabaning ishlashiga sarflagan vaqtini sarhisob qilib, har bir bosqichda kiritilgan o`zgartirishlarni inobatga olishi lozim. Har bir talabaning tadqiqotdagi natijalarini D. Dauney Shkalasi bo`yicha baholash lozim: a) birlamchi javob uchun sarflangan vaqt jadvali Korreksiyalashda natijalarni baholash 7-jadval (a)
Ballning yuqoriligi va o`zgartirishlarning kamligi Shaxsning Shiddatkor, qat’iyatli ekanligidan dalolat beradi. B) Fikr-mulohazadagi qat’iylik (foizlarda) 100% nisbati uchinchi va to`rtinchi bosqichlardagi farq asosida hisoblanadi(22ning ikkinchi bosqichda to`g`ri belgilangan sifatlar yig`indisi). V) Tadqiqotning to`rtinchi bosqichida vaqt orasidagi tafovutning ranjirovkasi. 7-jadval (b)
Ballning yuqoriligi va o`zgartirishlarning kamligi Shaxsning Shiddatkor, qat’iyatli ekanligidan dalolat beradi, oldin bajarilgan ishdagi ikkilanish uchramaydi. 4.Yig`ma jadvallarda barcha tadqiq qilinuvchilarning uchala bosqich bo`yicha erishgan natijalarini aks ettiring. 5.Korrelyatsion koeffitsiyent ko`rsatkichlarini rab, rab,rbv (2-ilovaga qarang) hisoblab chiqing. Tadqiqot jarayonida qat’iyatlilikni namoyish etuvchi sifat tezligi har bir bosqichda o`zgarganligini xulosalang. 1,5 va 6-bosqichlarda qo`lga kiritilgan natijalarni sarhisob qiling hamda uning Shaxsni sifatlovchi belgilarini tashxislashdagi ahamiyatini argumentlaShga harakat qiling. Bu alfozda o`tkazilgan treninglar o`smir va o`spirinlarda zo`r qiziqish o`yg`otdi. Tadqiqotda qatnashgan 120 ta talabaning 65,7% tasi qat’iyatliligini namoyish etgan bo`lsa, 47,3 % talaba o`rta miyonada tashabuskorlikka ega ekanligini ko`rsatdi va 7% talaba tadqiqotlarda past ko`rsatkichlarga ega bo`lishdi. Shu sababli biz keyingi bosqichlarda yoshlarni o`z-o`zini tarbiyalash metodikalariga e’tiborni kuchaytirdik. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling