Pedagogik diagnostika


XULQDAGI IKKIYUZLAMACHILIK, O`Z SO`ZIDA TURA OLMASLIK, YOLG`ONCHILIK KABI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH METODIKASI


Download 1.85 Mb.
bet69/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

XULQDAGI IKKIYUZLAMACHILIK, O`Z SO`ZIDA TURA OLMASLIK, YOLG`ONCHILIK KABI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH METODIKASI

Mazkur metodika Kettel, Ayzenk, Leongard kabi olimlarning «Shaxsni tavsifiy belgilariga qarab tashxislash» so`rovnomalari asosida tashkil qilindi va 1998-2005 yillarda Samarqand davlat universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika institutlari talabalari (Jami: 2369 o`spirin yoshlar) bilan olib borilgan diagnostik va korreksion ishlarda sinovdan o`tkazildi.


Yo`riqnoma:
1-bosqich. Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo`q» deb javob bering. Javoblaringiz ustida chuqur mulohaza qilmang. Javoblarni muayyan raqam ostida belgilab quying.

SAVOLLAR:


1. SHovqin-suronli vaziyatlarni yoqtiraman.
2. Har tomonlama tushunadigan do`stlarga ehtiyojim baland.
3. Biron yumushni bajarishni so`raShganlarida hozirjavoblik qilaman.
4. Jahlim tez-tez chiqib turadi.
5. Kayfiyatimni ko`tarish yoki tushurish oson.
5. Do`stlarim bilan chaq-chaqlaShgandan ko`ra, kitob mutolaa qilganda yoki kompyuter bilan ishlaganda ko`proq bahra olaman.
6. Uyquga ketayotganda turli-tuman fikrlar xalaqit beradi.
7.Menga aytilganlarni aynan o`zidek bajaraman.
8.Birovning ustidan kulishni yoqtiraman.
9.O`zimni ba’zan o`ta baxtsiz xis qilaman, garchi bunga sabab bo`lmasada.
10. Men quvnoq va xushchaqchaq insonman.
11.O`qiyotgan dargohimning ichki tartib-qoidalarini buzganman.
12.Vaziyatdan qat’iy nazar, men axloq normalarini buzmaslikka harakat qilaman.
13.Men har qanday sirni saqlay olaman.
14. Tengdoshlarim orasida men hazil-mutoyibalarni bisyor aytib, ularni xushnud qilaman.
15. Notanishlar bilan uchraShganda o`zim birinchi bo`lib so`z boshlayman.
Men ko`p hollarda yolg`on so`zlayman.
16.Men ahyon-ahyonda yolg`on so`zlayman.
17.Oxirgi paytlarda tez charchay boshlaganimni sezganman.
18. Hayajonlanmasamda, ayrim paytlarda yuragim tez-tez uradi.
19.Men tez xafa bo`laman.
20. Tez jahlim chiqadiyu, xafachiligimni tez unutaman.
21.Uy yumushlariga har kun kattalarga yordam beraman.
22. Uy yumushlarida ahyon-ahyonda kattalarga yordam beraman.
23. Uy yumushlarida kattalarga yordam bermayman.
24.YAngi tanish orttirishni yoqtiraman.
25. «YAngi do`stdan ko`ra, eskisi afzal» qabilida ish ko`raman.
26. Men ikkinchi darajali ishlar bilan darslarimni bajarib bo`lgach Shug`ullanaman.
27. Qarindosh-urug`lardan, qo`ni-qo`shnilardan birontasi haSharga chaqirishganda hozirjavoblik bilan javob beraman.
28. Uylamay aytgan gapim bilan birovning ko`ngliga ozor yetkazsam uzoq vaqt iztirob chekaman.
29. Maqtanishni yoqtiraman, Shu sababli ayrim paytlarda yolg`on so`zlayman.
30. Qaror qabul qilish uchun ko`p o`ylanib o`tirmayman.
31. O`qituvchi qaysidir sabablarga ko`ra darsni kech boshlaganda, toqatsizlik bilan ketish payiga tushaman.
32. Gohida qo`rqinchli tushlar ko`rib alahsirab chiqaman.
33. Menga yoqmagan inson to`g`risida, garchi pastkaShlik bo`lsada, yolg`on g`iybat tarqata olaman.
34. Milliy kuy va raqslar yoqadi.
35. Men Shovqin-suronli o`yinlarga ishqibozman.
36. Ovqat tanlshda injiqlik qilaman.
37. Dars tayyorlayotganimda diqqatimni jamlay ololmayman.
38. Oralariga sovuqlik tushgan do`stlarimni yaraShtirish uchun yolg`on gapirishdan ham tonmayman.
39. Ota-onamga o`ta mehribonman.
40. Har bayramda qarindosh-urug`larimdan hol-ahvol so`raShni kanda qilmayman.
41. O`rtoqlarimdan kimdir yangi kiyim kiydi. Unga bu libos sira yaraShmagan bo`lsada, «yaraShibdi, qulluq bo`lsin», deyman.
42. Mehmonga borishni yoqtiraman.
43. Topshirilgan vazifani bajarishga hamisha mas’uliyat sezaman.
44. Biron nojo`ya ish qilib qo`ysam, afsuslanib, uzoq vaqtgacha mulzam bo`lib yuraman.
45. YOqmagan yumushni bajarishimni iltimos qilishganlarida «Yo`q» deyishga qiynalaman.
46. Notanish odamdan yordam so`raShga iymanaman.
47. Muvaffaqiyatga erishganimda boshim osmonga yetadi.
48. Menga qo`pol gapirsalar men ham qo`pollaShaman.
49. Hayot faqat Shirin damlardan emas, balki iztirobli damlardan ham iborat ekanligini bilaman.
50. Dars zerikarli bo`lsada, o`kituvchiga xalaqit bermasdan uni tinglaShga harakat qilaman.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling