Pedagogik diagnostika


O`Z-O`ZINI BOSHQARA OLISHNI SHAKLLANTIRISH


Download 1.85 Mb.
bet68/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

O`Z-O`ZINI BOSHQARA OLISHNI SHAKLLANTIRISH
(Pedagogik trening)


1-mashq
Oq varoqqa o`zingizga juda yoqadigan 5-6ta faoliyat turini yozing(Kitob mutoalaa qilish, kaShta tikish, Shaxmat-ShaShka, futbol, tennis o`ynash, musiqa, suv sporti bilan Shug`ullanish va h.k.).
YOqtirgan faoliyat turiga hamohang quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
A) yoqtirgan faoliyatingizni tanho yoki o`zga odamlar bilan birgalikda bajarasizmi?
B) Faoliyatni qayerda bajarasiz? Ushbu faoliyatni bajarishingizda yordam beruvchi yoki halaqit beruvchi omillar bormi?
V) Faoliyat bajarilayotganda vizual(ko`rish organlari ishtirokida), audio(tovuSh), yoki kinestetik(sezgi)lar ko`proq salmoqga egami?
D) YOqtirgan faoliyatingiz moddiy xarajatlarni talab qiladimi?
Savollarga javob berib bo`lgach, faoliyatingizdan qoniqish hissini bildiruvchi salmoqli ahamiyatga molik bo`lgan bir necha komponentga e’tibor bering.
Bu mashqni bir necha bor takrorlagach, ehtimol uncha xush ko`rmagan faoliyatingiz( badan tarbiya, musiqa bilan Shug`ullanish, kitob mutoalaa qilish, kaShta tikish va h.k.lar)da ham jozibali tomonlarni topa olarsiz.
Ushbu mashqni bajarib bo`lgach, talabalar bitta faoliyatdangina emas, balki bir nechtasidan birdaniga qoniqish hissini sezishlarini qayd etishdi.


2-mashq
Kuniga o`zingiz uchun 5-10 daqiqa vaqt ajratib, ushbu mashqlarni bajarishga odatlaning:
1-holat. Ochiq deraza yoki eShik yoniga kursini quyib, unga qulay joylaShing. CHuqur nafas olib, mushaklaringizni bo`Sh qo`ying.
2-holat. Tashqi omillarning ta’siri kuchli bo`lmasligi uchun ko`zingizni yuming. Faqat yoqimli narsa haqida o`ylaShga harakat qiling.
3-holat. Ko`zingiz yumuq holda o`zingizni baxtli his qiling. Dilingizdagi barcha g`uborlarga o`rin qoldirmang. Tevarak-atrofdagilarga baxtiyorligingizdan ulaShishga harakat qilayotganingizni his eting.
4-holat. O`zingizga yoqimli( iloji bo`lsa mumtoz) musiqani 3-4 daqiqa mobaynida tinglang. Musiqaning inson sezgilariga ijobiy ta’sirini his eting. Musiqaning tarbiyadagi ahamiyatini o`nutmang.
5-holat. O`zingizning energetik quvvatingiz oshganligini, mushaklaringiz kuchga to`layotganligini, dilingiz yayrab, insonlarga ezgulik va faqat ezgulik qilishga qodir va tayyor ekanligingizga ishoning.
6-holat. O`rindiqdan turing. Qo`lingizni yuqoriga ko`tarib, sekin tushiring. Ko`nglingizda yorqin his-to`yg`ular paydo bo`lganini, uning jozibali nurlari butun tanangizni chulg`ab olganligini «ko`rishga» harakat qiling. Insonlarga hamdardlik qilishga, g`amxo`r bo`lishga tayyor ekanligingizga ishoning! Shunda haqiqiy baxtiyor ekanligingizni o`zingizga va o`zgalarga isbotlagan bo`lasiz.
Ushbu mashqni muntazam ravishda bajarish o`smir va o`spirinlarni stress holatidan chiqarishga, agressivlik holatining oldini olishga, o`z-o`ziga ishonch bilan qarashga hamda o`z-o`zini boshqara olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling