Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
2-O`z-o`ziga ishonch, erkinlik hissining mavjudligi
3-Musobaqalashishga istak-hohishning mavjudligi; 4-Agressivlik, qat’iyatlilik; 5-Samimiylik, to`g`riso`zlik, tanqidiylik 6-Realistik to`yg`ularga ega, o`zini oqlashga moyil, nostandart hatti-harakat qiladi Ehtiyotkorlik,sezgirlik, ziyraklik,kamtarinlik Oiladagi deyarli barcha vazifalarni bajarishga moyillik, tobelik xususiyatiga ega Hurmat ko`zi bilan qarash, o`zgalarga mahliyo bo`lish, tobe bo`lish Maslahat so`raShga tayyor, oilada yangilik kiritish istagining kuchliligi, o`z yordamini ayamaslik, ishonuvchanlik Hamkorlikda ishlashga moyillik, umumiy ishlarda qatnashishga bo`lgan istakning kuchliligi. Mehribon, muruvvatli, saxiy Dilkash, sevgiga o`ch, mehribon Yordamga tayyor, olishdan ko`ra berishga moyil Ishni boshqarishga moyil, rahbarlik xususiyatlariga ega Oilada ustunlik qilishga usta, uddaburon, qat’iyatli Maqtanchoq, kiborli, izzattalab Ekspluatatsiya qilishga moyil, barcha narsani inkor va Shubha ostiga olishni yoqtiradi Jazolashni, do`q-po`pisa o`rishni, masxaralaShni yoqtiradi Agressiv, g`animlarcha ish ko`rishni xush ko`radi Qattiqqul, agressiv, cho`rtkesar Barcha narsadan ko`ngli to`lmaydi, agressiv, shubhali hatti-harakatni xush ko`radi Xavotirli, o`zini qattiq tanqid ostiga oladi, ko`p vaziyatlarda o`zini aybdorlarcha his etadi Bo`ysunuvchan, irodasiz, subutsiz, bolalariga qattiqqo`llik qila olmaydi Bo`ysunuvchan, gapga kiruvchan, ta’sirchan Sadoqatli,izzatli, farzandlaridan ham shuni talab qiladi Kompromissga moyil, kirishuvchan Hatti-harakatlarida tizimsiz, o`rtoqlashishga moyil Rahmdil, mexribon, muhabbatli Mas’uliyatli, ekstremal vaziyatda operativ hatti-harakat qiluvchi Pedant, dogmaga moyil, izzattalab. O`zgaruvchanlar orasidagi munosabat aylanada kamayuvchi funksiyani tashkil etishini ko`zda tutsak, ballar yig`indisi (vertikal o`qdagi) AR omillar dominantalik qiluvchi indeksda o`z aksini topadi. Aylana markazidan olingan ko`rsatkichlargacha bo`lgan masofa Shaxsning interpersonal xulqidagi adptatsiyaga yoki kam adaptatsiyalikka moyillikni bildiradi. 10-rasm Ota-onalarning interpersonal hulqlaridagi asosiy kategoriyalar Yuqorida keltirilgan ota-onalarning interpersonal xulq kategoriyalariga qarab oilada ular bilan ijtimoiy pedagogik tashxislash ishlarini olib borish mumkin. Bizning fikrimizcha, ota-onalarning interpersonal xulqini nafaqat 16 omillik tizim bo`yicha, balki xulq omillarini sakkiz ko`rgazmali xulq kategoriyalari bo`yicha ham tavsiflaSh mumkin. Buning uchun yonma-yon joylashgan qo`shni omillar bittaga umumlashtirilib, izlanuvchi 8 kategoriyani topish mumkin(10-rasm). Bu oilada ota-onalarni diagnoz qilishda ularning nafaqat interpersonal xulq-atvorini, balki u yoki bu vaziyatga nisbatan bildirishadigan munosabatini ham o`rganishga imkoniyat yaratadi. Masalan, AR kodli Shaxsning A (dominantalik) va R(tan olingan mashhurlik) omillari uchun quyidagi xususiyatlar ustunlik qilar ekan: Hukm, kuch va ambitsiya (tez xafa bo`lish) xususiyatlarini namoyish etishadi. Adaptatsion shaklda bu inson qobiliyatlariga asoslangan energetik mutasaddi xulq va obro` bo`lsa, ekstremal holatda avtokratik, diktat va pedantizmga xos maniakal xususiyatni namoyish etishi mumkin. Bunday tipdagi ota-onalar IJ (harflar aylanadagi xulq turlariga mansub belgilarni bildirishadi) xulqiga mansubligini namoyon etadi. Egotsentrik shaxs-VS (o`zligini namoyish etuvchi):V-o`ziga ortiqcha erk berish; S-raqobatga asoslangan o`zligini namoyish etish. Adaptiv holatda bunday ota-onalar bolalari bilan erkin muloqotga kirishishi, ularda ishonch hissini hosil qilishlari, o`sib kelayotgan avlodda esa hurmat hissini o`yg`otishlari mumkin. Ekstremal (kutilmagan, g`ayritasoddifiy) vaziyatlarda ularda egoizm, egotsentrizm, eksgibitsionizm hislatlari kuchayadiki, bu ularni o`z bolalaridan o`zoqlaShtiradi, yoshlarning his-to`yg`ularini tushunmaslikka olib keladi, natijada bola tarbiyasida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu xulq GHIJ bilan belgilanadi. Agressiv shaxs-DE (agressivlik va duShmanlik): D-mehrsizlik va qattiqqo`llik; E-takallufsizlik va tanqidiylik. Mazkur xulqdagi ota-onalar bola tarbiyasida o`ta qattiqqo`lligi tufayli ikki muxoliflik lageri: ota-onalar va bolalar guruhiga bo`linib, oilada mushkul vaziyat paydo bo`lish xavfi bor. Adaptiv holatda bu me’yorli vazminlik va qattiqqo`llik bo`lishi, kam adaptiv holatda esa hissiz rigidli psixopatiya, sovuqlik va Shafqatsizlik holati (vaziyatni adekvat baholay olmaydigan Shaxslar sababli) bo`lishi mumkin. Bunda yoshlar kattalardan hayiqa boshlab, ularga o`z sirlarini aytmaslikka harakat qilishadi va ko`p hollarda ularning ichki dunyosi ota-onalarga qorong`uligicha qoladi. Natijada bir-biriga yot odamlar bir oilada yashayotganliklarining guvohi bo`lamiz. Bu xulq-atvorlilar- FGN bilan belgilanadi. Shubhachi ota-onalar- FG(barcha narsaga ishonchsizlik bildiruvchilar): F-o`ta ishonchsizlik; G-o`ta shubhalilik. Bu tipdagi ota-onalar ijtimoiy muhitga bo`lgan Shubhasini bolalariga ham o`tkazishga harakat qilishadi va o`zgalar bilan ma’lum masofada muloqotga kirishishi natijasida ko`p hollarda bolalari ham kam komformli, ichimdagini top qabilada ish ko`ruvchan qilib tarbiyalanadilar. Adaptiv holatda ijtimoiy muhit tanqid ostiga olinsa, kam adaptiv holatda shubhali xulq oqibatida ijtimoiy normalardan chetlaShiladi va natijada noumidsizlik, hayotdan sovuSh kabi hislar bolalarga ham o`z salbiy ta’sirini ko`rsatadi.Bu VSD bilan belgilanadi. Bo`ysunuvchan Shaxs- HI(fan tilida submissivlik deb nomlanadi): H-kamtarinona uyatchanlik; I-boshqaruvchan passivlik. Mazkur xulqdagilar kamtarinligi, kuchsizligi, ayrim holatlarda subutsizligi bilan ajralib turishadi. Adaptiv holatda bunday ota-onalar emotsional his-to`yg`ularini bosiqlik bilan ko`rsatishadi, kam adaptiv holatlarda ular passiv, gipersubmissivlik, vaziyatga mos bo`lmagan hatti-harakatlar ko`rsatishadi. Ular VS va DE bilan belgilanadi. Giperkonformli shaxs-JK( subutsizlik bilan bo`ysunuvchanlik): I-minnatdorlik hissining mavjudligi; K-xavotirli ishonch. Tobeli konformlilik, yumShoqko`ngillik, maslahatgo`ylikka o`chlik mazkur tipdagi Shaxslarni tavsiflaydi. Adaptiv holatlarda bunday ota-onalar o`z bolalarining o`qishi va xulqiga katta e’tibor berishadi, ularning axloqiy Shakllanishida eng yaqin do`st sifatida ish yuritishadi. Bu yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamol topishida ijobiy natijalarga olib keladi. Kam adaptiv holatlarda esa bu xulqka mansub ota-onalar bola tarbiyasining tizginini o`z oqimiga qo`yib yuborishadi, ayrim holatlarda o`ta ko`ngilchanliklari natijasida yoshlarda e’tiqodsizlikni va o`z so`zida tura olmaslik kabi hislatlarni shakllantirishadi. Jiddiy pedagogik masalalarni o`zlari hal eta olmaydilar. Bu AR va NO bilan belgilanadi. Giperaffiliativ Shaxs-LM(affiliatsiya): L-ishonchli kooperativlik hissi; M-do`stona muhabbat. Bunday tipdagi insonlarda do`stona muloqat va o`zgalar bilan o`rtoqlaShish hissi kuchli rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Adaptiv holatda: ekstravertiv do`stona xulq, hamkorlikda ishlashga moyillik, konformizmga ishtiyoq, ijobiy ijtimoiy munosabatga kirishish; kam adaptiv holatda stereotipga asoslangan yoqimli, mehribon-o`zgalar hohishini qoniqtirishga tayyor, ijobiy munosabatlarni xushlaydigan. Bu MN bilan belgilanadi. Giperprotektiv shaxs-NO(protektivlik, homiylik): N-yuqori darajadagi takalluflik;O- altruistik mas’uliyat.Bu xulqdagi insonlar omadli, dunyoqarashi ken,g, mustaqil, kuchli xarakterga ega bulgan shaxslardir. Adaptiv holatda oilada, ko`chada, o`yda, jamoada o`zgalar va oila a’zolari, yaqinlari bilan do`stona munosabatda bo`lishadi, yordamga, emotsional kontakt qilishga tayyor kishilar. Bunday oiladi tarbiyalangan farzandlar deyarli ko`pchiligi mehribon, o`z so`zida tura oladigan, o`zgalar manfaatini hisobga oluvchi, kirishimli, nazokatli, ayrimlari altruist bo`lib voyaga yetishadilar. Kam adaptiv holatda KL bilan belgilanuvchi bunday shaxslar faol hatti-harakatda bo`lishadi, mas’uliyatliliklari bilan ajralib turishadi. Intihoviy ma’noda mazkur metod 128ta sifatlovchi belgilarni o`z ichiga qamrab olishi mumkin. Ularning sakkiztasi doimiy ravishda interpersonal xulqning o`n olti omillari bilan o`sish tartibida o`xshash joylaShadiki, bunda xulqning past, o`rta va ekstremal intensiv holatini to`liq aks ettira oladi. Amaliyotda ko`p hollarda interpersonal xulqning ko`rsatilgan sakkiz omili: dominantli-submissivlik va muxolifona-affiliativ o`zgaruvchanliklari qo`llaniladi.(10-rasm) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling