Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet47/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

14.Модератор бу - ...
А) маълум мавзу юзасидан муҳокама, баҳс ташкил этади, ўзи аралашмаган ҳолда бир ечимга эришишга ёрдам беради
Б) аниқ мавзу, масала бўйича ҳакамлик қилад
С) БКМ даражасини белгилашда ёрдам беради
Д) машғулот учун ўқув материалларини тайёрлайди


САВОЛЛАРГА ЖАВОБ БЕРИНГ:

  1. Ўзбекистон Республикасининг Кадрлар тайёрлаш миллий Дастурида ўқитувчига қуйиладиган талаблар тўғрисида фикр билдиринг.

  2. Замонавий ўқитувчининг диагностик фаолияти қандай намоён бўлади?

  3. Ўқитувчидаги педагогик маҳорат қандай намоён бўлади?

  4. “ Диагностик фаолият” деганда нима тушунилади?

  5. Ўқув-тарбия жараёнида гуманитар омилни таъминлайдиган ўқитувчининг шахсий сифатлари нималарда намоён бўлади?

  6. Ўқитувчининг таълим олувчиларнинг билимларини холисона назорат қилиш ва баҳолаш маҳорати қандай белгиланади?



МАВЗУГА ДОИР АДАБИЁТЛАР:

  • Абдуллаева Ш. А. Педагогика.- Тошкент: Фан ва ахборот технологиялари, 2012.-308 бет.

  • Каримова В. Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт. – Т.: Университет, 2000.

  • Очилов М. Ўқитувчининг муомала маданияти. – Қарши: Насаф, 2012.-276 бет.

  • Пранцкуне Э., Грудене С ва бошқ. Новые роли и компетенция учителя. Литва.- 2011й. Юнисеф. Семинар дастурлари.

  • www.google.ru.




8- mavzu. O‘QUVCHILARNING AQLIY RIVOJLANISH DIAGNOSTIKASI
Ta’lim jarayonida yoshlarning intellektualligini va mustaqil fikrlay olish qobiliyati darajasini diagnostika qilish. Ta’lim jarayonini diagnostikasiz boshqarish mumkin emas.Ta’lim diagnostikasi ko`p hollarda yosh avlodda u yoki bu hislatlarni (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi. Diagnostika odatdagi an’anaviy o`quvchilar bilim va qo`nikmalarini tekshirishdan farq qiladi. Diagnostika natijalarni unga erishish yo`llari, vositalari bilan bog`liq holda ko`rib chiqadi. Diagnostika o`z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlarni to`plash, ularni tahlil qilish, dinamikani ko`rsatish, voqealarning keyingi rivojini bashorat qilish kabilarni qamrab oladi.
Ko`pchilik ota–onalar o`z bolalarining intellektual rivojlanishlarini boshqa bolalar bilan solishtirib ko`rishadi. Psixolog, tibbiyot xodimlaridan maslahat so`rashadi. Lekin pedagogik diagnozga, mutaxassisning tashxisiga kamdan–kam murojaat etishadi.
Bolaning kamoloti quyidagilardan kelib chiqadi:
1. Jismoniy va ruhiy rivojlanish o`rtasida mustahkam aloqa mavjudligidan.
2.Bolaning maktab talabiga tayyor bo`lishi avvalo rivojlanishning ichki jarayonlariga bog`liqligidan.
3. Bu yetilishning muhim ko`rsatkichi vizual differensial qabul qilishning yetilishi, obrazlarga ajratish qobiliyatining borligidan.
4. Maktabda bolaning fanlarni yaxshi o`zlashtirmasligi uning intellektual rivojlanishi pastligidan emas, balki maktabga yetarli darajada tayyor emasligidandir.
«Bolaning maktabga yetarli darajada tayyor bo`lmasligi natijasida o`qish bola uchun juda og`ir yuk bo`ladi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Maktabga tayyorgarligi yetmagan bolalarni maktabga bermasdan, balki ularni maktabga tayyorlash kerak1».
O`quv muassasalarida tahsil oluvchilarning intellektuallik darajasi quyidagi yo`nalishlar bo`yicha farqlanadi va hisobga olinadi:

  1. Jismoniy kamolotga erishganlik yo`nalishi;

  2. Intellektual yo`nalish (differensiyalash qobiliyati, miqdor va ko`plikni tushunishning darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi.

  3. Mehnatga munosabati (vazifani bajarishga tayyorgarligi, diqqat va chidamni boshqara olishi).

  4. Ijtimoiy yo`nalish (tarbiyachilardan hissiy mustaqilligi, guruh bilan munosabatga kirisha olish) va h.k.

Bolaning bilim olishga tayyorgarligi quyidagilar orqali tadqiq qilinadi:

  • shifokor tekshiruvi orqali,

  • maktabga tayyorgarlikni aniqlovchi test o`tkazish orqali,

  • test jarayonida bolaning xulqini kuzatish orqali,

  • oldingi rivojlanishi haqida axborot to`plash va uni o`rganish orqali,

  • bolaning ota–onalari bilan suhbat orqali.

Insonning intellektual rivojlanishini o`rganish hozirgi kunning muhim masalalaridan bo`lib kelmoqda. Bu borada juda ko`plab ilmiy ishlar qilindi, tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin mazkur masalani o`rganishda hanuzgacha yuksak natijaga erishilganicha yo`q.
Intellektual rivojlanish nazariyalari. Intellektual rivojlanishning quyidagi nazariyalari mavjud: o`quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya (yoki axborot tahlili).
O`quv nazariyasini Torndayk asoslagan bo`lib, u intellektni bilim egallsh qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlarni egallsh jarayonining quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallarni oddiy egallalsh; operativ taxlil; muammoni yechishning qoida va yo`llarini egallsh.
Psixometrik nazariya o`quv nazariyasidan axamiyatliroq bo`lib hisoblanadi. U turli omillarni analitik tarzda o`rganadi. Statistika metodi kabi psixometrik nazariya omillarni tahlil qilish alohida individual turli ko`rsatkichli va bir–biri bilan bog`liq omillarni guruhlaydi. Keyin bu omillar unda mujassamlashgan vazifalarni hisobga olgan holda verbal interpretatsiya qilinadi.
Pedagogik diagnostika va uning metodlari o`quvchi–yoshlarning bilimini, fikr–mulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik darajalarini o`rganib, ulardagi ijobiy fazilatlarni takomillashtirish va salbiy xislatlarni yo`qotish uchun zarur bo`lgan korrektsion ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Bugungi kunda o`quvchilarning intellektual rivojlanishini aniqlashda J.J. Piajеning “Bolaning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish”, L. S. Rubinshtеynning “Modеllashtirilgan pеrtsеptiv harakatlarini egallab olish darajasini aniqlash”, M. Е. Bеrshadskiyning “Ko`rgazmali-obrazli tafakkur harakatlarini tashxislash”, E.Qoziеvning “Mantiqiy tafakkur harakatlarini shakllantirish” kabi mеtodikalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchilarda aqliy darajani (IQ) aniqlaydigan maktab tеsti (SHTUR-ADAMT) ham bugungi kunda mashhur tеstlardan biri bo`lib hisoblanadi. Bu tеst maktab yoshidagi o`quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis qilish uchun mo`ljallangan. Uning tarkibida bir nеcha subtеstlardan iborat topshiriqlar mavjud bo`lib, ular: «bilimdonlik», «analogiya («o`xshashlik»)», «klassifikatsiya» (tasniflashtirish), «umumlashtirish», «sonli qatorlar»ni o`z ichiga kamrab oladi. Tеst o`zaro ekvivalеnt bo`lgan A va B shakllardan iborat .
Shunday qilib, jamiyatimizdagi yoshlarni har tomonlama tashxislash va xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida o`ta dolzarb muammolardan biridir. Respublikamizda ma’naviy–ma’rifiy ishlarning bugungi holatidan kelib chiqib, ta’lim–tarbiyaviy bosqichlariaro uning uzviylik va uzluksizligini ta’minlaydigan metodikani yaratish, muammoning pedagogik va metodik jihatlarini asoslash lozimligini ko`rsatadi.


МАВЗУ ЮЗАСИДАН SAVOLLAR VA ТOPSHIRIQLAR



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling