Pedagogik diagnostika
МАВЗУ BO`YICHA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
МАВЗУ BO`YICHA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar bilan korreksiyalash ishlarini olib boradigan oқituvchi bolalarda qanday hislatlarni shakllantirishga e’tiborini qaratishi kerak? Buning uchun qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq? 2. O`smir o`quvchilar orasida munosabatlarni barqarorlashtiruvchi faoliyat qanday nomlanadi? 3. O`smirlik va o`spirinlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat nima? U qanday ko`rinishlarda o`z ifodasini topadi? 4. Ushbu jumlani o`qing. Qaysi yoshdagi o`quvchilar to`g`risida fikr bildirilayotganligini aniqlang. «O`quvchilar o`z idroklarining sofligi, o`tkirligi bilan boshqa yosh davridagi insonlardan farqlanadilar, tartibli, maqsadga muvofiq tahlil qilish faoliyati zaifligi uchun ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda ko`pincha xatolarga yo`l qo`yadilar. Bu yoshdagi o`quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o`qituvchi Shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. O`qituvchining gapi ular uchun qonun sifatida qabul qilinadi Ular o`qituvchi siymosida o`zining ezgu niyati, orzu-istagi, ajoyib his-tuyg`ularini ro`yobga chiqaruvchi mo`’tabar Shaxsni ko`radi. . .» . 5. Mazkur matnni o`qing va tahlil qiling. Kichik maktab yoshidagi o`қuvchilar bilan o`tkaziladigan korreksiyalash jarayonini qiyoslang. «Korreksiyalash jarayonida o`smirlarga o`z Shaxsiy hayotiga maqsadli yondaShuv hissini o`yg`otish, ularga reja va amal birligida harakat qilishni o`rgatish muhim pedagogik muammo, bunda o`smirlarda: -madaniy, siyosiy, dunyoviy va diniy bilimlarni egallshga bo`lgan talablarini Shakllantirish; -o`quvchilarning malakalarini oshirish, ularni tobora boyitish, estetik tushunchalarini takomillashtirish; -har bir o`smir yigit-qizning ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish o`ta zarurdir». 6. Quyidagi tahlilga asoslanib, o`zingiz tanlagan yoshdagi o`kuvchilar orasida muayyan sifatlarni aniqlash uchun anketa so`rovnomasini o`tkazing. O`tkazilgan so`rovnomaga asoslanib, xulosa yozing. «…O`quv muassasalarida o`qituvchilar, ota-onalar va o`kuvchi-talabalar bilan o`tkazilgan anketa-so`rovnomalari tahlilidan quyidagilar ma’lum bo`ldi: birinchidan, kattalar: o`qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalarning asosiy qismi yoshlarda umumiy madaniyat va tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilishga qiynaladilar. Bu esa pedagogik korreksion tizimli metodikaning yaratilishini yana bir bor isbotlaydi. ikkinchidan, pedagogik diagnostika va korreksiyaga oid maxsus adabiyotlarning kamligi yoki mavjud emasligini qayd etishganlar, shu sababli, guruh rahbarlaridan: maktablardagi o`qituvchilarning 286 tasi; o`rta maxsus ta’lim muassasalarida 354 kishi va oliy ta’lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilarning 189 kishi yoshlarning umumiy madaniyat darajasini diagnostika qilishda qiynalishlarini ta’kidlashgan; uchinchidan, dasturlarda tadqiq qilinayotgan mavzu doirasida hal etilishi lozim bo`lgan maxsus tavsiyalar berilmaganligi, o`qituvchining o`ziga xos har doim ham zaruriy ko`rsatmalarni tanlsh murakkab ekanligi aniqlandi. Ko`rinib turibdiki, yoshlarda tarbiyalanganlik darajasini o`stirish uchun yaxlit umumiy madaniyatni Shakllantiruvchi metodika tarkib topmaguncha bu masala o`z yechimini topa olmaydi. Ayrim hollarda ta’lim berishda asosiy urg`u bilim berishga qaratilishi va ayrim tarbiyaviy masalalar inobatga olinmayotganligining guvohi bo`ldik. Shu sababli bugungi kunda jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy negizini takomillashtirish maqsadida taqdim qilinayotgan o`quv materiallarining g`oyaviy jihatdan yetuk bo`lishiga erishish zarur. Bunda yoshlarga tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish orqali umumiy madaniyat saviyasini o`stiradigan, zarur bo`lsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etuvchi tizim orqali ta’sir etish zarur…» Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling