Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olidagi pedagogik muhitni tashxis etish.
9-расм. Оила функциялари
Bola maktabga kelguncha oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko`rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari bolalarning sog`ligini saqlaShdir. Buning uchun bola to`yib ovqatlanishi, gigiyena talablariga rioya etishi lozim bo`ladi. Ota-onalar o`zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo`lishlari Shart. O`zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so`zlashuvni tashkil etish lozim. Ota-onalar bolalarining maktab-o`quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo`l qo`ymaslik; bolalarning mashg`uloti uchun uyda unga qulay Sharoit yaratish; bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o`rgatish, bolalarning g`ayrat va chidamliligini oshirish; bolalarni vijdonli va rostgo`y bo`lishga, mustaqil ishlarga o`rgatish. O`zbek xalqining milliy xususiyatlari : axloqiylik, o`z-o`zini anglash, milliy tuyg`u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o`z aksini topadiki, o`zbek oilasining tuzilishi va Shaxslararo munosabatini o`rganishda bularni chetlab o`tish mumkin emas. O`zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko`p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo`lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Olidagi pedagogik muhitni tashxis etish. Oiladagi sog`lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Ota-onaning o`zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g`amxo`rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to`g`ri Shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, Shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat,uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro`zg`or yumushlarini o`rgatish ham lozim. Ota o`g`lida to`g`riso`zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik, saxovatpeShalik kabi hislatlarni Shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik ma’lumotlarga qaraganda1 bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona-4-5 soat, ish bilan mashg`ul deb qaraluvchi ota-12 minut, ona-3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko`rinib turibdiki bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtni egallaydi. Shu sababli bugungi kunda ko`cha bezori, deviant xulqli bolalar paydo bo`lmoqda. Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o`rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo`lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik to`yg`ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to`la bo`lishi mumkin. »Oilaviy hayotning «qorong`u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko`rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o`ziga tortmaydigan ko`pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O`zining salbiy oqibatlariga ko`ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og`ir holatlar hisoblanadi»1. Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o`tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o`rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo`qligiga, bolaning ajralgan ota-onaga bo`lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko`rishib turish imkoniyatining bor-yo`qligiga ko`p narsa bog`liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko`nikish jarayoniga ta’sir ko`rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatda og`ir kechadi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so`ng, ko`p hollarda bolalar o`zlariga kela olmay, xomush yurishadi. Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo`yicha 1954 yili T. Liri, R. L. Laforje, R. F. Sucheklar tomonidan ota-onalarning interpersonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o`zining dolzarbligini yo`qotganicha yo`q. Metodika mualliflarining fikricha, ota-onalarning oilada individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, inson doimiy ravishda tevarak-atrofdagilar bilan muloqatda bo`ladi, shu sababli uning interpersonal xulqini 16 ko`rsatgich bo`yicha turkumlash mumkin. Buni biz quyidagi chizma orqali tasvirlaymiz. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling