Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet59/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

2-O`z-o`ziga ishonch, erkinlik hissining mavjudligi
3-Musobaqalashishga istak-hohishning mavjudligi;
4-Agressivlik, qat’iyatlilik;
5-Samimiylik, to`g`riso`zlik, tanqidiylik
6-Realistik to`yg`ularga ega, o`zini oqlashga moyil, nostandart hatti-harakat qiladi

  1. Ehtiyotkorlik,sezgirlik, ziyraklik,kamtarinlik

  2. Oiladagi deyarli barcha vazifalarni bajarishga moyillik, tobelik xususiyatiga ega

  3. Hurmat ko`zi bilan qarash, o`zgalarga mahliyo bo`lish, tobe bo`lish

  4. Maslahat so`raShga tayyor, oilada yangilik kiritish istagining kuchliligi, o`z yordamini ayamaslik, ishonuvchanlik

  5. Hamkorlikda ishlashga moyillik, umumiy ishlarda qatnashishga bo`lgan istakning kuchliligi.

  6. Mehribon, muruvvatli, saxiy

  7. Dilkash, sevgiga o`ch, mehribon

  8. Yordamga tayyor, olishdan ko`ra berishga moyil

  9. Ishni boshqarishga moyil, rahbarlik xususiyatlariga ega

  10. Oilada ustunlik qilishga usta, uddaburon, qat’iyatli

  11. Maqtanchoq, kiborli, izzattalab

  12. Ekspluatatsiya qilishga moyil, barcha narsani inkor va Shubha ostiga olishni yoqtiradi

  13. Jazolashni, do`q-po`pisa o`rishni, masxaralaShni yoqtiradi

  14. Agressiv, g`animlarcha ish ko`rishni xush ko`radi

  15. Qattiqqul, agressiv, cho`rtkesar

  16. Barcha narsadan ko`ngli to`lmaydi, agressiv, shubhali hatti-harakatni xush ko`radi

  17. Xavotirli, o`zini qattiq tanqid ostiga oladi, ko`p vaziyatlarda o`zini aybdorlarcha his etadi

  18. Bo`ysunuvchan, irodasiz, subutsiz, bolalariga qattiqqo`llik qila olmaydi

  19. Bo`ysunuvchan, gapga kiruvchan, ta’sirchan

  20. Sadoqatli,izzatli, farzandlaridan ham shuni talab qiladi

  21. Kompromissga moyil, kirishuvchan

  22. Hatti-harakatlarida tizimsiz, o`rtoqlashishga moyil

  23. Rahmdil, mexribon, muhabbatli

  24. Mas’uliyatli, ekstremal vaziyatda operativ hatti-harakat qiluvchi

  25. Pedant, dogmaga moyil, izzattalab.

O`zgaruvchanlar orasidagi munosabat aylanada kamayuvchi funksiyani tashkil etishini ko`zda tutsak, ballar yig`indisi (vertikal o`qdagi) AR omillar dominantalik qiluvchi indeksda o`z aksini topadi. Aylana markazidan olingan ko`rsatkichlargacha bo`lgan masofa Shaxsning interpersonal xulqidagi adptatsiyaga yoki kam adaptatsiyalikka moyillikni bildiradi.



10-rasm Ota-onalarning interpersonal hulqlaridagi asosiy kategoriyalar
Yuqorida keltirilgan ota-onalarning interpersonal xulq kategoriyalariga qarab oilada ular bilan ijtimoiy pedagogik tashxislash ishlarini olib borish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ota-onalarning interpersonal xulqini nafaqat 16 omillik tizim bo`yicha, balki xulq omillarini sakkiz ko`rgazmali xulq kategoriyalari bo`yicha ham tavsiflaSh mumkin. Buning uchun yonma-yon joylashgan qo`shni omillar bittaga umumlashtirilib, izlanuvchi 8 kategoriyani topish mumkin(10-rasm). Bu oilada ota-onalarni diagnoz qilishda ularning nafaqat interpersonal xulq-atvorini, balki u yoki bu vaziyatga nisbatan bildirishadigan munosabatini ham o`rganishga imkoniyat yaratadi. Masalan, AR kodli Shaxsning A (dominantalik) va R(tan olingan mashhurlik) omillari uchun quyidagi xususiyatlar ustunlik qilar ekan:
Hukm, kuch va ambitsiya (tez xafa bo`lish) xususiyatlarini namoyish etishadi. Adaptatsion shaklda bu inson qobiliyatlariga asoslangan energetik mutasaddi xulq va obro` bo`lsa, ekstremal holatda avtokratik, diktat va pedantizmga xos maniakal xususiyatni namoyish etishi mumkin. Bunday tipdagi ota-onalar IJ (harflar aylanadagi xulq turlariga mansub belgilarni bildirishadi) xulqiga mansubligini namoyon etadi.
Egotsentrik shaxs-VS (o`zligini namoyish etuvchi):V-o`ziga ortiqcha erk berish; S-raqobatga asoslangan o`zligini namoyish etish.
Adaptiv holatda bunday ota-onalar bolalari bilan erkin muloqotga kirishishi, ularda ishonch hissini hosil qilishlari, o`sib kelayotgan avlodda esa hurmat hissini o`yg`otishlari mumkin. Ekstremal (kutilmagan, g`ayritasoddifiy) vaziyatlarda ularda egoizm, egotsentrizm, eksgibitsionizm hislatlari kuchayadiki, bu ularni o`z bolalaridan o`zoqlaShtiradi, yoshlarning his-to`yg`ularini tushunmaslikka olib keladi, natijada bola tarbiyasida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu xulq GHIJ bilan belgilanadi. Agressiv shaxs-DE (agressivlik va duShmanlik): D-mehrsizlik va qattiqqo`llik; E-takallufsizlik va tanqidiylik. Mazkur xulqdagi ota-onalar bola tarbiyasida o`ta qattiqqo`lligi tufayli ikki muxoliflik lageri: ota-onalar va bolalar guruhiga bo`linib, oilada mushkul vaziyat paydo bo`lish xavfi bor. Adaptiv holatda bu me’yorli vazminlik va qattiqqo`llik bo`lishi, kam adaptiv holatda esa hissiz rigidli psixopatiya, sovuqlik va Shafqatsizlik holati (vaziyatni adekvat baholay olmaydigan Shaxslar sababli) bo`lishi mumkin. Bunda yoshlar kattalardan hayiqa boshlab, ularga o`z sirlarini aytmaslikka harakat qilishadi va ko`p hollarda ularning ichki dunyosi ota-onalarga qorong`uligicha qoladi. Natijada bir-biriga yot odamlar bir oilada yashayotganliklarining guvohi bo`lamiz. Bu xulq-atvorlilar- FGN bilan belgilanadi.
Shubhachi ota-onalar- FG(barcha narsaga ishonchsizlik bildiruvchilar): F-o`ta ishonchsizlik; G-o`ta shubhalilik. Bu tipdagi ota-onalar ijtimoiy muhitga bo`lgan Shubhasini bolalariga ham o`tkazishga harakat qilishadi va o`zgalar bilan ma’lum masofada muloqotga kirishishi natijasida ko`p hollarda bolalari ham kam komformli, ichimdagini top qabilada ish ko`ruvchan qilib tarbiyalanadilar. Adaptiv holatda ijtimoiy muhit tanqid ostiga olinsa, kam adaptiv holatda shubhali xulq oqibatida ijtimoiy normalardan chetlaShiladi va natijada noumidsizlik, hayotdan sovuSh kabi hislar bolalarga ham o`z salbiy ta’sirini ko`rsatadi.Bu VSD bilan belgilanadi. Bo`ysunuvchan Shaxs- HI(fan tilida submissivlik deb nomlanadi): H-kamtarinona uyatchanlik; I-boshqaruvchan passivlik. Mazkur xulqdagilar kamtarinligi, kuchsizligi, ayrim holatlarda subutsizligi bilan ajralib turishadi. Adaptiv holatda bunday ota-onalar emotsional his-to`yg`ularini bosiqlik bilan ko`rsatishadi, kam adaptiv holatlarda ular passiv, gipersubmissivlik, vaziyatga mos bo`lmagan hatti-harakatlar ko`rsatishadi. Ular VS va DE bilan belgilanadi.
Giperkonformli shaxs-JK( subutsizlik bilan bo`ysunuvchanlik): I-minnatdorlik hissining mavjudligi; K-xavotirli ishonch.
Tobeli konformlilik, yumShoqko`ngillik, maslahatgo`ylikka o`chlik mazkur tipdagi Shaxslarni tavsiflaydi. Adaptiv holatlarda bunday ota-onalar o`z bolalarining o`qishi va xulqiga katta e’tibor berishadi, ularning axloqiy Shakllanishida eng yaqin do`st sifatida ish yuritishadi. Bu yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamol topishida ijobiy natijalarga olib keladi. Kam adaptiv holatlarda esa bu xulqka mansub ota-onalar bola tarbiyasining tizginini o`z oqimiga qo`yib yuborishadi, ayrim holatlarda o`ta ko`ngilchanliklari natijasida yoshlarda e’tiqodsizlikni va o`z so`zida tura olmaslik kabi hislatlarni shakllantirishadi. Jiddiy pedagogik masalalarni o`zlari hal eta olmaydilar. Bu AR va NO bilan belgilanadi.
Giperaffiliativ Shaxs-LM(affiliatsiya):
L-ishonchli kooperativlik hissi; M-do`stona muhabbat.
Bunday tipdagi insonlarda do`stona muloqat va o`zgalar bilan o`rtoqlaShish hissi kuchli rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Adaptiv holatda: ekstravertiv do`stona xulq, hamkorlikda ishlashga moyillik, konformizmga ishtiyoq, ijobiy ijtimoiy munosabatga kirishish; kam adaptiv holatda stereotipga asoslangan yoqimli, mehribon-o`zgalar hohishini qoniqtirishga tayyor, ijobiy munosabatlarni xushlaydigan. Bu MN bilan belgilanadi.
Giperprotektiv shaxs-NO(protektivlik, homiylik): N-yuqori darajadagi takalluflik;O- altruistik mas’uliyat.Bu xulqdagi insonlar omadli, dunyoqarashi ken,g, mustaqil, kuchli xarakterga ega bulgan shaxslardir. Adaptiv holatda oilada, ko`chada, o`yda, jamoada o`zgalar va oila a’zolari, yaqinlari bilan do`stona munosabatda bo`lishadi, yordamga, emotsional kontakt qilishga tayyor kishilar. Bunday oiladi tarbiyalangan farzandlar deyarli ko`pchiligi mehribon, o`z so`zida tura oladigan, o`zgalar manfaatini hisobga oluvchi, kirishimli, nazokatli, ayrimlari altruist bo`lib voyaga yetishadilar. Kam adaptiv holatda KL bilan belgilanuvchi bunday shaxslar faol hatti-harakatda bo`lishadi, mas’uliyatliliklari bilan ajralib turishadi.
Intihoviy ma’noda mazkur metod 128ta sifatlovchi belgilarni o`z ichiga qamrab olishi mumkin. Ularning sakkiztasi doimiy ravishda interpersonal xulqning o`n olti omillari bilan o`sish tartibida o`xshash joylaShadiki, bunda xulqning past, o`rta va ekstremal intensiv holatini to`liq aks ettira oladi. Amaliyotda ko`p hollarda interpersonal xulqning ko`rsatilgan sakkiz omili: dominantli-submissivlik va muxolifona-affiliativ o`zgaruvchanliklari qo`llaniladi.(10-rasm)


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling