Talabalar tomonidan ta’lim mazmunini o‘zlashtirish jarayonida foydalaniladigan aqliy operatsiya turlari bu ....
tahlil, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, tasniflash, tizimlashtirish, umumlashtirish
Summativ baholash – bu ....
o‘quv yilining ma’lum bir davrida talabaning dts va o‘quv dasturlarida belgilangan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyani egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni
O‘quv va test topshiriqlarining murakkablik darajasi o‘rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u talabalar tomonidan vazifani bajarish uchun amalga oshiradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra necha xil darajalari mavjud?
reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, ijodiy (kreativ) daraja
Kvalimetriya bu……….?
tabiatdagi barcha obyektlarning va jamiyatda sodir boʻladigan jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini baholash muammolari hamda metodologiyasini oʻrganuvchi fan.
Kvalimetriyaning asosiy nechta asosiy tarmoqlari mavjud?
3
Kredit-modul tizimi bu……?
ta’limni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.
Kredit ilk marotaba nechanchi asrlarda vujudga kelgan?
XVIII va XIX asrlarda.
Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash necha bosqichda amalga oshiriladi?
ikkita
Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha toʻrtta model keng tarqalgan bo’lib, ular qaysilar?
AQShning kredit tizimi, Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi, Osiyo -Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi, Buyuk Britaniyaning kredit tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |