Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim


Download 0.68 Mb.
bet17/145
Sana26.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1127611
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
Bog'liq
50730701-Avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar qurilish

Tuzuvchilar:

J.R. Qulmuxamedov

Toshkent avtomobil va yо‘llar texnikum direktori




S.O.Mirshaxo‘jaev

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari




S.S.Raximberdiev

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktor o‘rinbosari..




S.I.Almatova

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi tarix fani o‘qituvchisi




M. Avazova

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi tarix fani o‘qituvchisi








Taqrizchilar

X.S.Jumaniyozov

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, s.f.n.




U.B.Nig‘manova

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, s.f.n.



  1. O‘quv dasturi umumiy talablari




Dastur nomi

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

Ajratilgan soat

60

O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

30

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
O‘quvchilarda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘z millati va boshqa millatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish qonuniyatlarini izchil o‘rganish quroli ekanligini anglatishdir.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining mazmun-mohiyatini ta’riflay olish;
Yangilik kiritishga intilishi;
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay olishi;
Mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajarishi;
Taraqqiyotning yangi bosqichida yangi O‘zbekiston hukumatining respublikamizda uchinchi renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirayotgan islohotlar strategiyasi mazmuni bilan tanishish;
Mustaqil va ijodiy fikrlash, o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalarini egallash;
Bilimlarni muntazam oshirib, yangilab borishga intilish, o‘quv va mehnat faoliyatiga ijodiy, mustaqil yondashish sifatlariga ega bo‘lish;
O‘zbekistobda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun – mohiyati bilan tanishish;
xarita ustida ishlay olishi, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olishi, bayon qila olishi, munozara va bahslarda ishtirok eta olishi kerak.

Bilimlar



  • olamning yagona va yaxlitligini, O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi ekanligini idrok etish;

  • O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo‘li va uning ahamiyati haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • 2017-2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yo‘nalishi boyicha Harakatlar Strategiyasi haqida bilimga ega bo‘lishi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev - yangi O‘zbekistonning novator rahbari sifatida olib borayotgan islohotlari haqida bilimga ega bo‘lishi;

  • O‘zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.

Ko‘nikmalar



  • tarixiy hodisalarni, ularning mohiyati va sabablarini,

  • ahamiyatini baholagan holda tahlil etish hamda umumlashtira olish;

  • tarixiy voqeaning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish;

  • tarixiy voqealarning sabablari va oqibatlarini tahlil qilishda xaritadan foydalanish;

  • ko‘rgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning xarakterli xususiyatlarini ochib berish;

  • jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish;

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi barcha bosqichlarga oid ma’lumotlarni farqlay, davrlashtirish, ulardan ratsional – ilmiy xulosalarni chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • Tarixiy voqealarni bugungi davr nuqtai nazaridan solishtirish, taxlil qilish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning yechimi boyicha istiqbolli xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling