Педагогик компетентлик
III BOB. Pedagogik kompetetlikni takomillashtirishning nazariy va
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqlli va tajribali o‘qituvchi uchta savolga javob
III BOB. Pedagogik kompetetlikni takomillashtirishning nazariy va
amaliy aspektlari 3.1. O‘qituvchining nazariy tayyorgarligi Mamlakatimizda va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda “Pedagogika”, “Pedagogik-psixologiya”, “Pedagogik mahorat asoslari” va nihoyat “Pedagogik kompetensiya” kabi o‘quv kurslari mavjud bo‘lib, ular bir-birini ko‘p hollarda takrorlaydilar. Ularning barchasi tomonidan ilgari surilayotgan nazariyalar pedagogik kompetensiya kursida to‘laligicha berilgan. 49 O‘qituvchilik kasbini o‘rgatish mumkin emas, ammo uni o‘rganish mumkin. Pedagogik mahoratni shakllantirish o‘qituvchilarni tayyorlashda markaziy o‘rin egalaydi. Shuning uchun pedagogik- psixologiya predmetlari oliy maktabda o‘qituvchilarni tayyorlashning diqqat markazida bo‘ladi. “Pedagogik mahorat asoslari” kursini o‘rganishda quyidagi prinsiplarga asoslanilsa, bu faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshadi. 1. O‘qitishda umumiy yondashuv tamoyili - bu tamoyil shundan iboratki, bilim boshdan kechirilgan amaliy tajriba asosida egallanadi. Mashg‘ulotlar shunday tuziladiki, mavzuning nazariy holati munozarada anglaniladi, keyin pedagogik qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar o‘ynaladi, oxirida, muommoning muhimligi pedagogik treninglarda anglab yetiladi. 2. Aktiv kommunikatsiya tamoyili - bu bilimlar sistemasini qayta ishlashni o‘z ichiga oladi va talabalarni aktivlashtirishga qaratilgan bo‘ladi: rolli o‘yinlarni o‘tkazish, musobaqa, faoliyat demonstratsiya qilingan fragmentning muhokamasidan, talabalarni darsni tashkil qilishga jalb etishdan iboratdir. 3. Pedagogik faoliyatni qismlarga bo‘lib o‘rganish tamoyili - psixofiziologik va pedagogik treninglar orqali asta-sekinlik bilan alohidagi usullarni egallash. Har bir talaba o‘quv yili davomida qanday tushuncha, malakani egallashi zarurligini bilishi lozim. Dastlab, birinchi kurs talabasi o‘zining, tashqi ko‘rinishi, nutq, pedagogik muomala madaniyati tashkilotchilik texnikasini boshqarishi lozim. 4. Pedagogik texnika va vazifalarni rivojlantirishda malaka va kichik dars berishdan ijodiy foydalanash. 5. Yo‘nalish bo‘yicha yondashuv, mashg‘ulotlarda mutaxassislikni hisobga olish, pedagogik mahoratni shakllantirish. 6. Bilim va malakaning o‘zaro bog‘liqlik tamoyili - bunda oliy ta’limning laboratoriya mashg‘ulotlarini, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktablarda pedagogik amaliyotni tashkil etish kiradi. Pedagogik mahorat institut hayotini pedagoglashtirilganda muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa talabalar bilan tugaraklarda, klublarda, studiyalarda ishlash foydalidir. Faqat oliy maktabning hamma pedagogik jamoasi va talabalarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati kelgusidagi 50 pedagogda yuqori pedagogik mahoratni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Quruq, ehtirossiz?, tor (qisqacha) "informatsiya" beruvchi darslar ilmiy va tajribaviy reja bo‘yicha kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchining o‘z hissiyotlarini ifodalay olishi, ularni talaba sezadigan va o‘ziga tortadigan qilish muhim rol o‘ynaydi. O‘z hissiyotlarini yaratishda o‘qituvchi nutq vositasining intonatsiyasi, fonetikasidan, tana zaboni ya’ni imo-ishoralari, mimikadan va ifodali gavda tuzilishidan foydalanadi. Nutq orqali o‘qituvchining hissiyoti talabalar tomonidan boshdan kechirilishi, u orqali o‘zining munosabatini, ahloqiy qadriyatlarni talabalarga o‘tkazadi. Bunday hissiy garmoniyaga erishish natijasida u talabaning milliy dunyosiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi, uning bilish va amaliy faoliyatida o‘ziga xos katalizator hisoblanadi. Xohlagan o‘qituvchi bilishi lozimki, shaxsning e’tiqodi hissiyotsiz amalga oshmaydi. Amaliy o‘quv tarbiya ishlarida o‘qituvchi hissiyotining turlarini, ularning xususiyatlarini va o‘ziga xosligini bilishi zarur. Insonning ma’naviy dunyosi — bu juda xilma-xil va beto‘xtov hayajonlardan va hissiyotlardan iboratdir. Hissiyot hamma dunyoviy sezgilarimizga va dunyoviy munosabatlarimizga kirib keladi. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy aytganidek, hissiyotda odamning butun turmush-tarzi, tarixiyligi ham ifodalanadi. Tafakkur va hissiyot “bosh” va “yurak” ning o‘zaro uyg‘unligiga o‘qituvchining pedagogik mahoratiga asoslanadi. Hissiyotni birinchi va ikkinchi darajaga ajratish mumkin. Insonning birinchi darajali hissiyoti evolyusiyaning biologik qatlamida shakllanadi va rivojlanadi, u hayvonlardagi dek instinkt va sezgilardan iborat bo‘lgan hissiyotdir. Ikkinchi darajada, insonlarga xos bo‘lgan hissiyot ijtimoiy asosda yuzaga keladi. Pedagogik va psixologik fanlarda insonlarga xos hissiyotlar ni yuzaga keltiradigan predmetlar asosida farqlanadi. Masalan; axloqiy normalar, mehnat, aqliy, amaliy, estetik hissiyotlarning borligi to‘g‘risida 51 gapiradilar. Tevarak atrofning predmeti sifatida aniklash ularni mazmuniga ko‘ra birlashtirish demakdir. B.Spinoza: “Qoniqtiradigan yoki qoniqtirmaydigan, ijobiy yoki salbiy hissiyotdan boshqa hissiyot yo‘q" - degan edi. Ijobiy hissiyotga - go‘zal va yuksak hislirimiz kiradi. Salbiyga esa - axloqsizlik va pastkashlik kiradi. Ular orasida esa tragedik va komik hislar mavjud. Ularni hissiy boshdan kechirish (ijobiy va salbiy) qachonki inson hissiyotlarini boshqara olsa o‘shanda hosil bo‘ladi. Hissiyotning tabiati oliy nerv sistemasiga bog‘liqdir. Hissiyot organizmning tashqi va ichki holatiga ta’sir etadi. Bu haqida barcha o‘qituvchilar bilishi kerak va bolalarning estetik hissiyotlarini rivojlanti rish metodikasini egallashlari lozim, ayniqsa ijobiy hislatlar ni, faqat ularga, faqatgina ularga pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatiga bog‘liqdir. 3. Ijtimoiy tajriba va amaliy faoliyatda rivojlanadi va egallanadi, shakllanib boradi. Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati muammosini psixolog L.S.Vыgoskiy hal etdi: “Ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi; ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini ergashtirib boradi, unga yakin istiqbol ochib beradi" - deydi u. Psixolog L.S.Vыgoskiyning nazariy fikrlari pedagog A.S. Makarenkoning fikrlariga mos keladi. Masalan: A.S.Makarenko bolalar kitobining tarbiyaviy ta’siri haqida gapirib, “u bolaning yosh kompleks xususiyatlarini hisobga olishi lozim”, “u bu kompleksdan oldinda bo‘lishi zarur” bolani “u yurmagan yo‘llar bo‘yicha” olib yurish kerak degan edi. Demak, talabaning rivojlanish darajasini shartli shaklda ikkiga ajratish lozim. Birinchisi uning mustaqil harakat qila olishi bo‘lsa, ikkinchisi talaba ustozlari yordamida qila oladigan xatti-harakatlaridir. Bu psixik tarakqiyot usuli uning eng yaqin persepsiasidir. Taraqqiyotning shu ikki bosqichini taqqoslab, bolaning shu paytdagi taraqqiyot darajasi va kelajakdagi taraqqiyot imkoniyatlari haqida fikr yurita olamiz. A.S.Makarenko har bir bolaning kamolat imkoniyatlariga va tarqqiyotning perseptiv yo‘llarini aniqlashga katta e’tibor bergan edi. U 52 “shaxs loyihasini tuzishga” o‘z tarbiyalanuvchilarida hosil bo‘ladigan ijobiy hislatlarni mustahkamlash va takomillashtirish, salbiy sifatlarni esa to‘xtatish yoki ularga barham berish uchun ijobiy hislatlarga tayanishga intilar edi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. Tarbiya qoidalari: ■ tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ■ tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi; ■ tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlikdagi qoidasi; ■ tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar usti vorlik qoidasi; ■ tarbiyada talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi; ■ izchillik, tarbiyaviy ta’sirning birligi va uzluksizligi qoidasi. A.V.Lunacharskiy “Aqlli va tajribali o‘qituvchi uchta savolga javob Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling