Педагогик компетентлик
berishda: qanday qilib irodani tarbiyalash kerak, qanday qilib xarakterni
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahliliy bilish
berishda: qanday qilib irodani tarbiyalash kerak, qanday qilib xarakterni
shakllantirish kerak, qanday qilib birdamlikni rivojlantirish kerak, — degan savolga bitta kuchli so‘z bilan — mehnat orqali” degan javob borligini payqamasligi mumkin emas. Dunyo pedagogik olimlari oldida turgan eng muhim muammo, agar kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshilsa, pedagogik va psixologik fanlarni ma’lum bir tizimga solish, korreksiya qilish, zamon talablariga javob bermaydigan pedagogik nazariya va usullardan voz kechish vaqti yetganligini ko‘rsatib turibdi. Ko‘p hollarda o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi deganda faqat psixologik-pedagogik va maxsus bilimlar birligini tushunadilar. Faqat bilimlarini oshirish bilangina ish bitmay di o‘qituvchi tajribasi tizimida qo‘llay bilmasa, bilimlar keraksiz toshdek og‘ir yukka aylanadi. Shu bois ta’lim berishning nazariy asoslariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Nazariy faoliyat pedagogik fikr yuritishning umumlashgan bilish xususiya ti bo‘lib, o‘qituvchining tahliliy, taxminiy, loyihaviy va refliksiv bilish xususiyatlarini o‘zida birlashtiradi. Adekvat – “tenglik”, to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini beradi. 53 Tahliliy bilish – tahliliy bilish xususiyatining shakllanganligi, pedagogik mahoratning eng muhim qirralaridan biridir. Analiz-tahlil aynan tahliliy bilish orqali pedagogik fikr yuritishning umumlashgan tarzdagi bilishini yuzaga chiqaradi. Bunday bilish bir qator shaxsiy bilish tizimini o‘zida birlashtiradi. Pedagogik hodisalarni uni tashkil etuvchi unsurlarga ajrata olishi (sharoit, sabablar, oqibatlar, rag‘batlan tiruvchi omillar, vositalar, shakl va boshqalar), har bir bo‘lakning bir butunlik bilan bog‘liqligi va tomonlarning birgalikdagi harakatini anglashi; ta’lim-tarbiya nazariyasidan kelib chiqayotgan hodisa mantig‘iga mos keluvchi g‘oya, fikr va qonuniyatlarini topa bilishi; pedagogik hodisalarni to‘g‘ri aniqlay olishi, eng muhim pedagogik vazifani (muammo) topish va uni samarali yechish yo‘llarini bilish kabilardir. Fakt va hodisalarni nazariy tahlil qilish; narsa va hodisalarni boshqa narsa va hodisalardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish; ana shu narsa va hodisalarni tashkil etuvchi unsurlarni aniqlay olishi; ushbu tizimdagi barcha unsurlarning mohiyati va vazifasini, rolini aniqlay olishi, butun bir hodisaga har bir unsurning o‘ziga xos ta’siri, ushbu hodisaning ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashi kabilar. Bu yerda pedagogik narsa fakt sifatida, u yoki bu tarbiyaviy munosabat, pedagogik hodisa esa hayotdagi hodisa va voqeaning hayotda yuz berishi, bunda ana shu hodisani tahlil qilish orqali pedagogning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishdagi harakati, talabalar harakati orqali yuzaga chiqqan pedagogik natija. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling