“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

Key words: methodical teaching, professional skills, elementary teaching technology, technical 
training of a volleyball player, action-game skills, teaching process, vocational training, dictation, 
demonstration and explanatory methods. 
Kirish. Ma’lumki, sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita 
bog’liqdir. Bu bevosita sport jihozlari, mashg’ulot oʻtkazish bazalari, trener mahorati, mashqlarni oʻrgatish 
texnikasi va oʻrgatish san’atiga bog’liqdir. Binobarin, oʻzbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni 
raqobatbardosh pog’onaga koʻtarish bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali 
pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va 
uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. Lekin bunday sifatlarga erishish nihoyatda 
ehtiyotkorlik, mashg’ulot yuklamalarini asta-sekinlik bilan, “toʻlqinsimon” yoʻnalishda oshira borish evaziga 
amalga oshirilishi mumkin. Albatta, bu jarayon uzluksiz va muntazamlik hamda mashg’ulot yuklamalarini 
shug’ullunuvchi “obyekt”ning funksional imkoniyatlariga mos tarzda qoʻllash tamoyillari asosida yanada 
samarali va jadalroq kechadi. 2000-yildan boshlab yurtimizda kichik olimpiada nomini olgan koʻp bosqichli 
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ommaviy sport musobaqalari uzluksiz oʻtkazib 
kelinmoqda. Shunday boʻlsada, hali koʻp joylarda sport toʻgaraklari, BOʻSMlar, hatto, ayrim terma jamoalarda 
ham mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish, yuklamalarni rejalashtirish, umumiy va ixtisoslashtirilgan 
mashqlarni tanlash hamda qoʻllashda shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va psixofunksional 
imkoniyatlari obyektiv test natijalariga asosan amalga oshirilmaydi. Ana shunday kamchilik va muammolar 
voleybolchilar tayyorlash amaliyotida ham koʻzga tashlanadi [3, 5, 6].
Asosiy qism. Sport malakalariga dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yillik sport tayyorgarligi tizimining 
poydevori boʻlib hisoblanadi. Dastlabki oʻrgatish oʻz tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi 
nazaridan qanchalik puxta asoslangan boʻlsa, sifatli boʻlsa, shunchalik sport oʻrinbosarlarini tayyorlash yoʻli 
qisqaroq va osonroq boʻladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy koʻnikma va malakalariga 
bevosita bog’liq boʻladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga moʻljallangan oʻquv dasturining eng 
e’tiborli va asosiy boʻlimlaridan biri boshlang’ich oʻrgatish uslubiyati (texnologiyasi) boʻlib hisoblanadi [5, 7, 
11]. 
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart-sharoitlaridan biri – bu 
voleybolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada boʻlishidir. Demak, oʻrgatish 
jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu oʻyin texnikasini mukammal oʻzlashtirishdir. 
Harakat-oʻyin malakalari – toʻpni uzatish, qabul qilish (himoya), toʻpni oʻyinga kiritish, zarba berish, 
toʻsiq qoʻyish – belgilangan bosqichlarda, ma’lum uslublar va vositalar yordamida oʻzlashtiriladi, 
mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, biopsixologik va biomexanik 
qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling