Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari


Qadriyatlarning turlari va guruhlari


Download 44.08 Kb.
bet3/13
Sana09.06.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1472801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)

2. Qadriyatlarning turlari va guruhlari
Ilmiy-pedagogik va falsafiy adabiyotlarda qadriyatlarni umumlashtirgan tarzda quyidagi to’qqiz guruhga tasnif etilgan:

  1. Ma’naviy qadriyatlar shaxsni axloqiy shakllantirishning asosiy omili bo’lib, ular ilmiy-texnikaviy va intellektual, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy arxitektura va hokazolar hisoblanadi. Shuningdek, o’zbek xalqining milliy an’analari, bayramlari, udum va odatlari,, O’zbekistonda

o’tgan mutafakkirlarning ma’naviy merosi, yozma asarlar, rivoyat va afsonalar, muqaddas joylar, tarixiy yodgorliklar, musiqa va qo’shiqlari, cholg’u asboblari, o’yinlari, dehqonchilik va xunarmandchilik kabilar ma’naviy qadriyatlarning asosini tashkil etadi. Ular kishilarning birbirlariga, vatanga, oilasiga bo’lgan munosabatidagi axloq xulq-atvorida, odob va xatti-harakatida namoyonbo’ladi.

  1. Milliy qadriyatlar - millat shaxsining tili, tarixi, urf-odatlarida namoyon bo’ladi. Milliy qadriyatlar negizida «millat», «o’zbek» degan so’zlar o’z ifodasini topgan. «Millat» so’zi arab tilida quyidagi uch ma’noni anglatadi. Birinchidan-mazhab; ikkinchi-ummat; uchinchi-xalq, qavm. Millat so’zi Qur’oni Karimda ham qo’llanilgan.

Qur’onda har bir millat vakili o’z milliy kadriyatlarini rivojlantirishi sababli o’z millatidan, qavmidan kechib boshqa millatga o’tib olish gunoh deb ta’riflagan. Yevropa adabiyotida qo’llaniladigan «Naasiya» so’zi qabila, xalq degan ma’noni bildiradi, binobarin, bu ikki tushunchada ham muayyan etnik birlikning o’ziga xosligini bildiruvchi ma’no yotadi.
Milliy qadriyatlar - millatga mansub bo’lgan umumjahon taraqqiyoti qonuniyatlaridan biri xisoblanadi. Milliy qadriyatlar - o’z millatidan, o’z yurtidan faxrlanish, o’zbek davlati fuqarosi ekanligidan g’ururlanish kabilardir.


  1. Download 44.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling