Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
Forobiy pedagogik qarashlari quyidagilar
Download 0.92 Mb.
|
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Bobur
- Jahon Otin Uvaysiy
Forobiy pedagogik qarashlari quyidagilar:
Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so‘zlar va majbur etish. Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. 4. Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi. 4- Mavzu:XIX asrdan XX asrning birinchi yarmigacha Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.Reja: 1.Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. 2.Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. 3.Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari - xusnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida. 4.Muxammad Sodiq Qoshgariyning “Odob as-solixin”asari - yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba. Tayanch tushunchalar:maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otnoyilar maktablari, Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Amir Temur vafotidan so‘ng,uning yirik davlati parchalana boshladi. Taxt uchun kurashlar boshlandi.XVI – asrda Shayboniylar davlati hukm surdi,so‘ng Ashtarxoniylar sulolasiga asos solindi.1756-yildan boshlab Mangitlar sulolasiga mansub Buxora amiri Muhammad Rahimhondan boshlandi.Xonlik 1920-yilgacha Amir Sayid Olimxon davrigacha davom etdi. Xiva xonligi ham,1770-yildan Qo‘ngirotlar sulolasiga mansub Muhammad Amin Inoq hukmronligi bilan kuchayadi, Xonlik 1920-yilgacha Sayid Abdullaxon davrigacha davom etdi. Sayboniyxon hukmronligi o‘rnatilgach,Movarounnahrning barcha hududlari, singari Fargona vodiysini ham, o‘z avlodlariga taqsimlab bergan edi.Minglar sulolasiga mansub, Shohruxbiy Qo‘qon xonligini 1709- yildan boshqarib bordi.Shohruxbiy Oltin Beshik avlodidan bo‘lgan. Tarixchi Haydarbek Bobobekovning aytishicha barcha musulmon tarixchilari va ayrim rus mualliflari Qo‘qon xonlari sulolasini Oltin Beshik bilan, u orqali Bobur bilan ham boglaydilar.XVI-XIX asrlarda O‘rta Osiyoda ilm-fan, adabiyot, san’at, musiqa, qo‘shiqchilik amaliy san’atning taraqqiyoti ham hayot sharoitlari bilan,notekis ribojlanib bordi.Buxoroda fors, Qo‘qonda fors-o‘zbek, Xivada o‘zbek tili rasman davlat tili bo‘lib kelgan.Uchala xonliklarda ham,xalq ta’limining tuzilishi va faoliyati bir- xil rivojlangan.O‘zbek xalqi – o‘tmishda eng ko‘p shoiralar yetishtirgan xalq, agar yozuvga o‘rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo‘ya bering, XIX asrning o‘zida Uvaysiy,Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar Otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi o‘nlab mashhur shoiralar qaerdan yetishib chiqqan?! O‘zbek xonliklar davrida,ikki turdagi maktab mavjud edi;quyisi-maktab va oliy – madrasa.Maktablar qizlar uchun alohida,o‘gil bolalar uchun alohida bo‘lgan.Boshlangich maktabda o‘qish va yozish,ya’ni savod o‘rgatilar,diniy matnlar yodlash bilan birga,arifmetika va adabiyot o‘qitilar edi.Qorixonalarda ko‘zi ojizlar o‘qib,Quron,doston va she’r-u gazallarni yodlagan. Madrasalar musulmon oliy o‘quv yurtlari hisoblangan.O‘qish,yozishni o‘rgangan bolalar madrasalarda o‘qitilgan.Madrasalarda o‘quv dasturi asosida uch bosqichda;boshlangich adno,o‘rta avsat va yuqori a’lo bosqichlarda olib borilib, unda uchta til arab, fors,turkey tillar mukammal o‘rgatilgan.Madrasalarda Qur’on ilmi o‘qish usullari,qiroat, tavsir,fiqh,shariat qonunlari,handasa asoslari yani arab tili sarfu,nahvi grammatikasi,notiqlik san’ati,aljabr,ilmi hujum,axloq,falsafa,mantiq,adabiyot,jo‘g‘rofiya,tarix,tabobat fanlari o‘qitilgan.Madrasani bitirganlar qozi,uning yordamchisi,masjid imomi lavozimlarda ishlaganlar,mudarrislik qilganlar. Shayboniyxondan so‘ng kuchli va tartibli davlatga asos slogan Ubaydullaxon 1533-1540 yillar davrida ham ilm-fan va madaniyat rivojlandi.U yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan.juda ko‘p tillarda devonlar yozgan.Xon saroylarida shoirlar,xattotlar,musavvirlar,musiqashunoslar etishib chiqib,ularning ijodlarida ilmiy,tarixiy,adabiy va madaniy hayot aks ettirgan. XVII-XIX asrlarda O‘rta Osiyoda bir nechta turdagi talim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otnoyilar maktablari)mavjud edi. Ayniqsa Qo‘qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez ko‘paygan. Maktablar boshlang‘ich talim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o‘qish o‘rgatilgan, din haqida dastlabki malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o‘quv muassasasi hisoblangan,qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.XIX asrdagi Qo‘qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag‘ir (yetim)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi malumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritgan. 2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Maktablardagi talim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o‘rganish ko‘p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, bazida undan ham ko‘p vaqt sarflanar edi. O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini egallaganlaridan so‘ng «Haftyak»ni (fors. “Quronning ettidan bir qismi”)o‘qishni boshlaganlar. O‘quvchilar «Haftyak»ni tugatganlaridan so‘ng «Chor-kitob» (To‘rt kitob)ni o‘qishga kirishganlar.«Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish,namoz o‘qish, ro‘za tutish va h.q.) sheriy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar o‘rin olgan. “Chor-kitob”ning“Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi o‘quvchilarni shariatning asosiy ustuni -musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi)deb nomlangan va XVIII asrda yozilgan to‘rtinchi qismida Quroni Karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.Shundan so‘ng o‘quvchilar mutlaq din masalalariga bag‘ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini o‘qishni boshlaganlar. Ushbu asar ko‘pincha uning muallifining nomi bilan, yani – “So‘fi Olloyor” deb yuritladi. Bu sof diniy asar bo‘lib, unda diniy masalalar she’riy usulda bayon qilingan.Maktabni tamomlagan o‘quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar. Madrasa odatda ikki bo‘limdan, yani: quyi (ibādat al’-islām) va yuqori (masala) bo‘limlardan iborat bo‘lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo‘limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim.Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo‘lim «mushkulāt» deb yuritilgan.Birinchi bo‘limda talabalar din ahkomlarini o‘rganganlar. Ikkinchi bo‘limda esa – Quroni Karimga muvofiq holda bayon etilgan Islomning asosiy qonunlari o‘qitilgan. Bundan tashqari, arabtilshunosligi, mantiq, tarix, she’r yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham o‘qitilgan.Madrasalarda barcha mashg‘ulotlar arab tilida olib borilgan.Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bo‘lish mumkin.Birinchi, ya’ni boshlang‘ich kurs adnā (quyi), ikkinchi kurs – avsat (o‘rta) va uchinchi kurs – a‘lo(yuqori) deb nomlangan. Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bo‘lmagan.Shu o‘rinda bunday kurslarga ajratish faqat yirik madrasalarda mavjud bo‘lgani, talabalar soni 20 kishiga yetmagan kichik madrasalarda esa talabalarning barchasi faqat bitta mudarrisga mashg‘ulotgaqatnaganlarini qayd etish lozim.Madrasada darsni tashkil etish tartibi quyidagicha bo‘lgan: bitta darslikdagi aynan bir bobni o‘rganayotgan 10-15 nafar talaba bir sinf xonasiga to‘planishgan va o‘zlariga oqsoqol (sardor) sayla bolishgan. Bu guruh «jamoa», uning oqsoqoli esa «qori jamoa» deb nomlangan. Darsni boshlash uchun 246 oqsoqol mudarrisning huzuriga borar va undan mazkur guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun izn so‘rardi. 3. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qitilgan. Qiz bolalar o‘z davrining o‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda o‘qitilgan. Ayol muallimani o‘lkaning turli hududlarida “otnoyi”, “otinbibi”,“bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi o‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo‘lgan, ko‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.E.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi:“Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga o‘rgatilmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu so‘zlar haqiqatdan ancha yiroq. O‘zbek xalqi – o‘tmishda eng ko‘p shoiralar yetishtirgan xalq, agar yozuvga o‘rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo‘ya bering, XIX asrning o‘zida Uvaysiy,Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar Otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi o‘nlab mashhur shoiralar qaerdan yetishib chiqqan?! O‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiydir. Uvaysiy taxallusi;ismi Jahon,1779-1845yashab ijod qilgan ma’rifatparvar shoiradir.Uvaysiy oilada xat-savodini chiqarib,avval xalfa,so‘ngra onasining yonida maktabdorlik qilgan.Akasi Oxunjon hofizdan she’riyat ilmini o‘rgangan,tez orada shoira otin sifatida tanilgan.Shoira,ayniqsa aruzni,muommo she’rda fikrni yashirib ifodalash san’atini mukammal egallagan. Qo‘qon adabiy muhiti bilan tanishib,mushoiralarda qatnashadi.Saroyda Nodira va boshqa hotin qizlarga she’riyat ilmidan dars berib,ustozlik qilgan. Dilshod otinning ma’lumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga birgalashib borgan. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon Qo‘qonni egallagach, Uvaysiy Marg‘ilonga qaytib, umrini oxirigacha yashagan. Shoira 4 devon yaratgan.O‘zbek mumtoz she’riyatining barcha jabhalarida ijod qilgan. Navoiy va Fuzuliy asarlariga muxammaslar bog‘lagan.Shoiraning adabiy merosida 269 g‘azal,29 muxammas,55 musaddas,1 murabba,chiston,3 doston va tugallanmagan 1 manzuma bor. O‘zining butun faoliyat davomida xalqimiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon Otin xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, go‘zal hayotga erishishning birdan-bir yo‘li deb o‘ylab, o‘zining butun umrini yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berishga bag‘ishladi. O‘z maktabida qizlarga boshlang‘ich ta’lim berar ekan, Jahon Otin ularning zehnini o‘stirishga kata ahamiyat beradi. Otin o‘z shogirdlariga savod o‘rgatibgina qolmay, ular orasidan iqtidorli qizlarni tanlab sharq sheriyati bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bo‘stoniga yetaklaydi.Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortiq muallimalik qilib, qizlarga xat-savodo‘rgatdi, tabi nazm qizlarga sheriyat ilmidan dars berdi.Dilshod otin o‘z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod o‘rgatar va ularni chuqur bilim egasiqilib chiqarishga intilar edi. Shu bilan birga, yosh istedodli qizlarga o‘zbek, tojik mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini ham o‘rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, o‘z zamonasiningilg‘or kishilari qilib yetishtirishga harakat qilgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling